Huawei rekord darajada – 512 GB xotirali smartfon chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  1333
  •  22.03.2018 10:56

Huawei rekord darajada – 512 GB xotirali smartfon chiqaryapti!

Xitoyning Elektron qurilmalarni sertifikatlash markazi – TENAA saytida Huawei kompaniyasining yangi smartfoni ro‘yxatdan o‘tkazildi. Saytda bu qurilma NEO-AL00 kodli nomi bilan qayd etilgan, deb yozadi Android Headlines.

O‘QING: Huawei kutilmaganda P20 Lite smartfonini taqdim etdi

Xitoylik gigantning NEO-AL00 smartfoni Android tizimining qaysi talqinida ishlashi ma’lum qilinmagan, lekin 8 – Oreo talqinida bo‘lishi ehtimoli yuqori. Yangi smartfon ikkita SIM-karta bo‘lmachasiga va 6 gigabayt hajmli tezkor xotiraga ega. Lekin devaysning eng qiziq parametri uning doimiy xotirasi hajmidir – u naq 512 gigabaytga teng!

Mana, TENAA saytida e’lon qilingan ma’lumotda smartfonning xususiyatlari quyidagicha aks ettirilgan:

Agarda Huawei ushbu gadjetini tez orada namoyish etsa, u doimiy xotirasi hajmi bo‘yicha rekordchi smartfon bo‘ladi. Lekin mazkur gigant shoshilmasa ham bo‘lmaydi – boshqa bir xitoylik smartfonsoz ham allaqachon bu borada birinchilikka harakat boshlagan.

O‘QING: Vivo yana yetakchi smartfonsozlarni dog‘da qoldirdi!

Aytish kerakki, o‘tgan yilning dekabrida Samsung kompaniyasi 512 gigabayt hajmli xotira modullarini ishlab chiqara boshlagandi. Aftidan, Huawei yangi smartfonida aynan shu chiplarni qo‘llamoqchi. Chunki raqiblardan birortasi hali bu kabi yirik hajmli xotira modullarini taqdim etmagan.

Rekord hajmli xotiraga ega Huawei smartfonining taqdimot sanasi, narxi va boshqa xususiyatlari hozircha ma’lum qilinmagan. Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Kuchli smartfon brendlari bilan rasman ishlaydigan do‘kon ochilishi kutilmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!