Ilg‘or MIUI 9 tizimida ishlaydigan Xiaomi smartfonlari

Ilg‘or MIUI 9 tizimida ishlaydigan Xiaomi smartfonlari

Xiaomi kompaniyasi shu kunlarda o‘zining ixlosmandlari uchun yaxshi yangilik tayyorlayotgani quloqqa chalinmoqda. Jumladan, brend uzoq kutilayotgan Android’ning MIUI 9 talqinini joriy yilning iyulida taqdim etish rejasida yuribdi. Hozircha kompaniya bu to‘g‘rida biror nima demayapti.

Insayderlarning yozishlaricha, joriy yilning avgust oyiga qadar Xiaomi’ning Mi 6, Mi 5c, Mi MIX, Mi Note 2, Redmi Note 4X, Redmi Note 4, Mi 4C, Mi 4S, Mi 5, Mi 5s, Mi 5s Plus smartfon modellari hamda Mi Pad 3 plansheti MIUI 9 proshivkasida ishlash imkoniga ega bo‘ladi.

MIUI 9 jihatlari hozircha to‘liq ma’lum emas. Yangi talqinda SMS’larni reja-jadvali asosida yuborish, kalendar va kalkulyator kabi tizimli ilovalarni o‘chirib tashlash, ekrandan yozib olish funksiyasining paydo bo‘lishi, ekranni bir necha qismga bo‘lish orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovalardan foydalanish, platofrmaning tezkor ishlashi va kamroq quvvat yeyishi kabi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.