Inha universiteti Janubiy Koreya oliy o‘quv yurtlari orasida 8-o‘rinni egalladi

  •   DiMaX
  •  941
  •  10.11.2017 12:49

Inha universiteti Janubiy Koreya oliy o‘quv yurtlari orasida 8-o‘rinni egalladi

Inha universiteti «Joongang Daily» nashri tomonidan chop etilgan Janubiy Koreya oliy o‘quv yurtlari reytingida 10-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi. Reytingdan 189 ta universitet joy oldi, deya xabar beradi Toshkent shahridagi Inha universiteti sayti.

Xabarga ko‘ra, «Joongang Daily» nashrining universitetlar reytingi Janubiy Koreya oliy o‘quv yurtlari uchun boshqa xalqaro reytinglardan muhimroqdir va ular ushbu reytingdagi natijalarini muntazam yaxshilab borishga intiladilar.

«Joongang Daily» nashrining universitetlar reytingini oxirgi 24 yil davomida har yili chop etib boradi. Reyting universitetlar faoliyatini tadqiqot, ta’lim, o‘quv yurti bitiruvchilarining ish bilan ta’minlash darajasi, fond faoliyati va boshqa ko‘rsatkichlar asosida baholaydi.

Yangi «Joongang Daily» reytingida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 182 ball bilan 8-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili universitet 177 ball bilan 10-pog‘onada edi.

O‘QING: O‘zbek yigiti qanday qilib Amazon kompaniyasi xodimiga aylangani haqida

Ta’kidlash lozimki, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 2014 yildan beri ushbu reytingdagi natijasini yangilab kelmoqda. 2014 yilda «Joongang Daily» reytingida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 14-o‘rinda bo‘lsa, 2015 yilda ta’lim muassassasi 13-o‘ringa ko‘tarildi. O‘tgan yili esa universitet 10-pog‘onani egalladi.

Inha universiteti ko‘rsatkichlarning ko‘pida birinchi 10 talikda, yoki unga yaqin o‘rinlarda joylashdi. Misol uchun, oliy o‘quv yurti «Talabalarning o‘zlashtirishi» ko‘rsatkichi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. «Xodimlarni ishga olish uchun tavsiya qilinadigan universitet» va «Maktabni bitirgach, o‘qish uchun eng yaxshi universitet» bo‘yicha ko‘rsatkichlarda 6-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti O‘zbekistonda ham o‘zining yuqori sifatli dasturlarini taklif etmoqda. 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti ochildi.

O‘QING: “Microsoft” Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv-sinfini ochdi

Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) yoshlarga «Kompyuter va dasturiy injiniring» va «Logistika» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini taklif etmoqda.

IUT rektori Sarvar Babaxodjayev shunday dedi: «Men Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoasi nomidan Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ushbu natijasi bilan qutlayman. Ushbu reyting Koreya Respublikasidagi Inha universiteti yuqori sifatli ta’lim va tadqiqotlar dasturlarini taklif etishidan dalolatdir».

O‘QING: Eksklyuziv: Sizning savollaringizga Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati bergan javoblar

«IUT o‘quv dasturi Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ta’lim dasturlariga to‘liq asoslangan. Koreya Respublikasidagi Inha universiteti vakillari ta’lim sifatini ta’minlash uchun IUTdagi akademik jarayonlarni nazorat qiladilar», – dedi u.

«IUTda yuqori malakali xorijiy va mahalliy professorlar ishlaydilar va ular yoshlar bilan o‘z bilimlari va tajribalarini o‘rtoqlashadilar», – qo‘shimcha qildi IUT rektori.