Inha universiteti talabasining ixtirosi – «O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» g‘olibi!

  •   DiMaX
  •  1006
  •  02.03.2020 16:04

Inha universiteti talabasining ixtirosi – «O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» g‘olibi!

Toshkent shahridagi Inha universiteti 1-kurs talabasi Sevinch Maxmudovaning ixtirosi «O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» tanlovining 3-Respublika bosqichi g‘olibi, deb tan olindi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xaabar bergan.

O‘QING: Talabalarimiz inson his-tuyg‘ularini ochuvchi dastur yaratdilar

Uning ixtirosi — «Sun Child» mobil loyihasi Daun sindromi bilan tugilgan bolalarning ota-onalari uchun yaratlgan bo‘lib, uning yordamida ota-onalar bolaning rivojlanish dinamikasini kuzatishlari mumkin.

Mazkur ilovada dastlab bolaning kartasi ochilib, unda uning vazni, bo‘yi va yoshi ko‘rsatiladi. So‘ngra, so‘rovnoma orqali ular uning rivojlanish darajasini va rivojlanishning yoshga mosligini aniqlaydilar. Masalan, bola bir yoshda, u o‘tiradi, emaklaydi, qo‘lida ba’zi narsalarni mustaqil ravishda ushlab turadi, his-tuyg‘ularga ta’sir qiladi va hokazo. Dinamikani kuzatish uchun so‘rovnomani har ikki oyda bir marta to‘ldirish tavsiya etiladi. Shuningdek, ilova motivatsion multimedia materiallari va maxsus bolalarga onlayn maslahat beradigan shifokorlar ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga oladi.

O‘QING: Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?

Ta’kidlash joizki, Sevinch o‘zining mobil ilovasi uchun Oregon Universiteti (AQSh) professorlari tomonidan ishlab chiqilgan so‘rovnomadan foydalangan. Talaba savol va javob variantlarini soddalashtirgan hamda avtomatlashtirgan, shuningdek dastur tilini foydalanuvchining telefon tiliga moslashtirgan.

Sevinch ushbu yozda o‘z dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Biroq, undan oldin, u undan foydalanish huquqini so‘rovnoma mualliflaridan sotib olishi kerak bo‘ladi. Buning uchun talabaga homiylar ko‘magi kerak bo‘ladi. Hozirgi kunga qadar Daun sindromli bolalar muammosi bilan hech kim shug‘ullanmaydi. «Sun Child» bolalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha tadbirlar bunday maxsus bolalari bo‘lgan oilalar tomonidan tashkil qilinmoqda. Talaba uning arizasi ko‘plab ota-onalarga nafaqat amaliy, balki motivatsion fotosuratlari va videolari orqali yordam berish imkoniga ega ekanligiga amin.

O‘QING: Yoshlar uchun Edu Market interfaol-virtual ta’lim dasturi taqdim etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!