Instagram 9 yoshda: u dunyoni qanday o‘zgartirdi?

  •   DiMaX
  •  1163
  •  07.10.2019 12:28

Instagram 9 yoshda: u dunyoni qanday o‘zgartirdi?

2010 yilning 6 oktyabrida iOS uchun Instagram ilovasi taqdim etilgan edi. O‘shandan buyon u rivojlanib, ommabopligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi ijtimoiy tarmoqqa aylandi.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda tark etishingiz lozim bo‘lgan o‘nta odat

Hi-Tech Mail.ru nashri mazkur tarmoqning shu to‘qqiz yil mobaynida kishilar hayotiga qanchalik ta’sir o‘tkazganiga e’tibor qaratgan. Keling, ularga biz ham nazar solamiz.

1. Kishilar shunchaki o‘z turmushlari haqida hikoya qilishadi

Instagram platformasida kishilar nafaqat eng muhim hayotiy voqealarning, balki shunchaki kundalik manzaralarning ham suratini va qisqa videosini ulashishadi. Mazkur tarmoq yaratuvchilari hali ilovani ommaga taqdim etmaslaridan oldin unga yuklagan dastlabki fotosuratlar ham shundan dalolat beradi.

Instagram tarixidagi eng birinchi surat

Ular ofisdagi ish joyidan, bardagi suhbatdan, it bilan sayrdan, mehnat ta’tilidan olingan suratlardir. Instagram ijtimoiy tarmog‘i odamlarga turli mayda-chuydalar haqida bir-ikkita rasm bilan ma’lumot ulashish imkonini taqdim etdi.

O‘QING: Internetda kimlarni izlash eng xavfli?

2. «Tarixlar» bo‘limining alohida o‘rni bor

Instagram foydalanuvchisi turli lavhalarni o‘z yanglik tasmasida ulashishdan tashqari, foto hamda videomateriallarni maxsus ochilgan «Tarixlar» – «Istorii» bo‘limida ham e’lon qilish imkoniga ega. Mazkur bo‘limga qo‘yilgan rasm va roliklar 24 soatdan so‘ng avtomatik tarzda g‘oyib bo‘ladi. O‘z turmushidagi turli lavhalarni atrofdagilarga ko‘z-ko‘z qilish istagida bo‘lganlar undan ham faol tarzda foydalanishmoqda.

O‘QING: Instagram’da eng mashhur 25 avtomobilni bilasizmi?

3. «Polaroilar yana urfda, lekin alohida kameraning endi keragi yo‘q

Vintaj filtrli kvadrat shakldagi fotogsuratlar – Instagram tarmog‘ining asosiy kontentidir. Unaqa suratlarni bir paytlari Polaroid kameralari tushirar va shu lahzadayoq maxsus qog‘ozga chiqarib berar edi. Endi esa (asosan G‘arbda) xuddi shunga o‘xshash qog‘ozga Instagram’dagi suratni chop etib beruvchi maxsus budkalar paydo bo‘ldi.

Umuman olganda, smartfonlarning ommalashuvi oddiy kameralarni o‘tmishga aylantirib ulgurgan, ammo aynan Instagram telefonlarning fotoimkoniyatlaridan faol foydalanishga turtki berdi.

O‘QING: Instagram’da boshqalarga «ko‘rinmasdan» kuzatish mumkin

4. Yangi avlod blogerlari

Eng qiziqarli va sifatli fotosuratlarni ulashuvchilar Instagram auditoriyasining e’tiborini ko‘proq jalb eta boshladi. Shunaqa Instagram-akkauntlar yurituvchi kishilar asta-sekinlik bilan blogerlarga aylanishdi, ular o‘z publikatsiyalarida reklamalar berish orqali millionlab pul topa boshlashdi. Yana mashhur shaxslar ham o‘z surat va lavhalarini ushbu tarmoq orqali ko‘proq ulashishga o‘tishdi. Umuman olganda, o‘ziga xos formatdagi kontenti tufayli Instagram blogerlarning yangi, boshqa platformalarga bog‘lanmagan avlodi paydo bo‘lishiga olib keldi.

O‘QING: Bu mashhur fotomodel bitta Instagram-posti uchun qancha pul olishini tasavvur ham qilolmaysiz!

5. «Raqamli go‘zallar» – Instagram’da ommalashgan fotomodellar

Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi eng ommalashgan personajlarning yangi turi – didjital-modellardir. Bular – jonli odam emas, balki kompyuterda chizilgan go‘zallar obrazlari bo‘lib, ular endi hatto nufuzli jurnallarning sahifalariga ham ko‘chdi. Shuningdek, Prada, Adidas, L'Oreal singari mashhur brendlar ham o‘z reklama kampaniyalarida Instagram’ning «raqamli go‘zallar»idan foydalana boshlashdi. Sun’iy modellardan foydalanishning afzalliklari ko‘p – haqiqiy fotomodellar kabi ularning vaqtini topish, injiqliklarini ko‘tarish, mablag‘ sarflash talab etilmaydi.

Xo‘sh, siz ham Instagram ijtimoiy tarmog‘idan faol foydalanib turasizmi?

O‘QING: Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.