Interneti «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar

Interneti «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar

Freedom House nodavlat tashkiloti an’anaviy «Internetdagi erkinlik» so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. O‘zbekiston reytingda 75 ball bilan «Yevrosiyo» guruhidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqida «Podrobno.uz» nashri xabar bermoqda.

So‘rovnoma internet foydalanuvchilarining 87 % ini tashkil qiladigan dunyoning 65 mamlakatida o‘tkazilgan. Anketa 21 ta asosiy va 100 ga yaqin qo‘shimcha savollarni o‘z ichiga olgan, ular internetga kirish bilan bog‘liq muammolar, kontentning cheklanishi, foydalanuvchilar huquqlarining buzilishi kabi uchta mezonga taalluqli. Har bir savol bo‘yicha muayyan ballar beriladi, ushbu ballar qanchalik past bo‘lsa, internet shunchalik erkinroq demakdir (0—30 ball — erkin internet, 31—60 ball — qisman erkin, 61—100 ball — erkin emas).

Ekspertlar mamlakatda global tarmoq rivojlanishida kichik progressni qayd etdi. Bundan tashqari, ro‘yxatdan yon qo‘shnilarimiz Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham joy olgan.

O‘QING: Internet 100 barobar tez ishlaydigan bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!