iOS 12 tayyor bo‘lyapti, siz-chi, unga tayyormisiz?

  •   DiMaX
  •  1424
  •  13.02.2018 10:03

iOS 12 tayyor bo‘lyapti, siz-chi, unga tayyormisiz?

Apple korporatsiyasi iOS 12 operatsion tizim talqinida uning ishonchliligi va samaradorligiga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi. Bu xususda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Eksklyuziv: iPhone 11’ning ilk suratlari va xususiyatlari bilan tanishing!

Xabarga ko‘ra, yangi modeldagi iPad’da qiyofani tanib oluvchi Face ID kamerasi mavjudligi evaziga, iOS 12 tizimida u Animoji’larni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, kompaniya FaceTime’ga ham Animoji’larni kiritishni rejalashtirgan. Shu tariqa, iOS foydalanuvchilari ham, xuddi Snapchat, Facebook va Instagram’dagi kabi, virtual emodzilar qo‘sha olishadi.

iOS’ning yangi versiyasi «Peace» («Tinchlik») deb nomlanadi. Ushbu relizda iPhone, iPad hamda Mac’larda birdek ishlay oladigan ilovalar bo‘ladi. Shuningdek, iOS 12 yaxshilangan «Bezovta qilinmasin» funksiyasiga hamda qayta ishlangan ichki ilovalarga ega bo‘lishi aytilayotir.

O‘QING: iOS 11 xatoligi: bloklangan iPhone’dagi suratlaringizni ham ko‘ra olishadi!

Bulardan tashqari, iOS 12 tizim talqinida iPhone, iPad va CarPlay uchun uy ekranlari qayta ishlangan bo‘ladi. Xabar qilinishicha, iPad’da bitta ilovaning ichida bir nechta oyna ochish hamda bitta ilovaning oynalarini «Split screen» rejimida ishga tushirish mumkin bo‘ladi. Aytish kerakki, bunday funksiya macOS’da bundan ikki yil avval paydo bo‘lgan, yaqinda Windows 10’da ham ishga tushiriladi. iOS 12 talqinida Apple Pencil ham yangi funksiyalar bilan boyitilishi ko‘zda tutilgan.

Yuqorida aytib o‘tilgan yangi funksiyalarning ayrimlari joriy yilning o‘zida, iOS 11 tizimining keyingi yangilanishlaridayoq taqdim etiladi. Biroq iOS talqinining taqdimoti esa keyingi – 2019 yilga rejalashtirilgan. Apple dasturchilarga yangi funksiyalar ustida to‘liq ishlashlari uchun vaqt bermoqda, toki keyinchalik chala qolgan joylarini yangilanishlar bilan berib borishga hojat qolmasin.

O‘QING: iPhone’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan to‘rtta sozlama

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!