iPhone 8 uchun kuchli protsessor ishlab chiqarish boshlandi

iPhone 8 uchun kuchli protsessor ishlab chiqarish boshlandi

TSMC — tayvanning yarim o‘tkazgichlar va chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi iPhone 8 uchun Apple A11 protsessorini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu to‘g‘rida DigiTimes nashri ishonchli manbaalariga asoslanib xabar tarqatmoqda. Texnik yetishmovchilik bois chiplarni ishlab chiqarish bir oz kechikkan. Ma’lumotlarga ko‘ra, TSMC 2017 yilda Apple flagman smartfonlari uchun protsessor yetkazib beradigan yagona ishlab chiqaruvchi.

Apple A11’ning ma’lumotlarni 10 nanometrli texnologik jarayonda qayta ishlaydigan chipligi aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda android smartfonlar uchun ishlab chiqarilayotgan Snapdragon 835 protsessori ham xuddi shu tex-jarayonda ishlaydi.

Apple A11, shuningdek iPhone 7s va iPhone 7s Plus smartfon modellarida ham o‘rnatiladi. Bu chip ham Apple kompaniyasining o‘zi tomonidan shaxsiy tajriba va yechimlariga tayanib tayyorlanadi va ommaviy ishlab chiqarish uchun pudratchiga beriladi. Chiplar samaradorligini baholaydigan AnTuTu benchmarki ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytdagi iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellaridagi protsessorlar mobil sanoatning eng kuchli chiplari hisoblanishadi.

Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, iPhone 8 smartfoni 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘ladi. Apparatda 3 gigabaytli tezkor xotira va ilg‘or 2 ta sensorli bosh kamera bo‘ladi. Yangi avlod iPhone’larining taqdimoti sentyabrda kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!