iPhone 9 ixchamroq, qulayroq va arzonroq bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1608
  •  10.05.2018 16:27

iPhone 9 ixchamroq, qulayroq va arzonroq bo‘ladi!

Joriy yilning sentyabrida Apple korporatsiyasi o‘zining yangi avlod smartfonlarini taqdim etadi. Ular uchta modelga mansub bo‘lishini hali yilning boshidayoq ishonchli tahlilchi, KGI Securities kompaniyasi vakili Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) e’lon qilgan edi.

O‘QING: Bu yil qanday iPhone’lar chiqishi aniq bo‘ldi

Sentyabrda taqdim etiladigan uchta ayfondan eng arzoni – suyuq kristalli displeyga ega iPhone 9 modeli bo‘ladi. Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarda uning ekrani diagonaliga 6,1 dyuymga teng bo‘lishi aytilgan edi. Ammo kuni kecha Apple mahsulotlari uchun tarkibiy qismlarni yetkazib beruvchilardan olingan ma’lumotga ko‘ra, iPhone 9 displeyi 6 dyuymni tashkil etar ekan.

Manbalarga ko‘ra, 6 dyuymli ushbu ekran smartfon korpusining old yuzasini to‘liq egallaydi. Shuningdek, uning displeyi ham xuddi iPhone X modelining OLED-displeyi singari ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ekranning ikki yoni va pastida minimal enli romlar bo‘lib, tepasida «kemtik» bo‘ladi. Ayni shu «o‘yiq»da TrueDepth kameralar tizimi joylashadi va shuning evaziga iPhone 9 ham Face ID yuzni tanish funksiyasi bilan chiqariladi.


Ekranining suyuq kristalli displey turiga mansubligi, o‘lchami ixchamroq bo‘lishi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra, iPhone 9 smartfoni o‘zi bilan birga taqdim etiladigan ikkita OLED-displeyli ayfonga nisbatan arzon sotilishi kutilayotir.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?