iPhone akkumulyatori tutashi oqibatida ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

  •   DiMaX
  •  737
  •  03.02.2018 10:13

iPhone akkumulyatori tutashi oqibatida ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

Smartfonlar va boshqa qurilmalardagi eng xavfli qismlardan biri batareya hisoblanadi. Turli ishlab chiqaruvchilarning smartfonlari akkumulyatori qizib, tutab, yonib va hatto portlab ketishi haqida ko‘plab xabarlar berilgan.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Kecha – 2 fevral kuni Gonkongda smartfon batareyasi nosozligi bilan bog‘liq yana bir noxush hodisa yuz berdi. Apple Store’lardan birida iPhone batareyasi tutab ketishi natijasida do‘kon xodimlaridan ikki nafari sog‘lig‘iga shikast yetgan. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayangan holda South China Morning Post gazetasi xabar bergan.

Do‘kondagi nosoz iPhone akkumulyatori birdaniga tutab ketishi sababli u yerdagilarning hammasini tezlikda evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Xaridorlardan hech kim jabrlanmagan, ammo o‘sha paytda bevosita smartfonga yaqin turgan ikki nafar do‘kon xodimi o‘zini yomon his etgan. Ularni yuqori nafas yo‘llarining faoliyati buzilishi sababli tezlikda kasalxonaga olib ketishgan.

Akkumulyatori tutab ketgan ayfonning qaysi modelga mansub ekani xabarda aytilmagan.

O‘QING: iPhone 8 Plus – «eng portlovchi» smartfonmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!