iPhone aslida smartfon vazifasini bajarmaydi

iPhone aslida smartfon vazifasini bajarmaydi

The Next Web nashri iPhone smartfonlarining foydalanuvchilar o‘rtasida mashhurligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.

Android foydalanuvchilariga ko‘ra, Apple ishqibozlarining so‘nggi ayfon modellari uchun bor-budlarini sarflashlari mantiqsizlik ekan.

O‘rganish xulosalariga ko‘ra, odamlar Apple eko-muhitiga ikki sabab bois shoshar ekanlar:

A) Qurilmadan foydalanib, qoniqish hosil qiladilar, ya’ni, ayfon foydalanuvchilariga ko‘ra, bu smartfonning ishlash tarzi inson faoliyatidan ko‘chirilgan va hayotga qulay;

B) Apple brendining nufuzini his qilish uchun.

2007 yilning iyunida, ya’ni ilk iPhone smartfoni taqdim etilganidan boshlab 2014 yilga qadar ayfon ishqibozlari smartfonlarini ta’mirlash uchun 23,5 milliard dollar sarf qilishgan.

Ya’ni, boshqa smartfon modellari bilan taqqoslaganda, iPhone egalari gadjetlarini 19% ko‘proq ta’mirlatar ekanlar.

Apple o‘z mahsulotlarining reklamasida ham ayfonni mobil aloqa vositasi sifatida emas, balki hasham va zeb-ziynat vositasi sifatida aks ettirishga urg‘u qaratadi. Shu bois ham, ayfon egalari smartfonlaridan ko‘proq maqtanish yoki g‘ururlanish uchun foydalanar ekanlar. Shu sababli ham, Apple muxlislari gadjetlari buzilib qolishi, lat yeyishi bilan ustaga chopar ekanlar.

Android foydalanuvchilari esa smartfonlarining ekraniga darz ketishi bilan yangisini sotib olish uchun pul yig‘a boshlashlari ma’lum bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.