iPhone SE Hindistonda ishlab chiqarila boshladi

  •   DiMaX
  •  1213
  •  18.05.2017 14:24

iPhone SE Hindistonda ishlab chiqarila boshladi

Apple kompaniyasi iPhone SE smartfonlarini Hindiston hududida ishlab chiqara boshladi, deya xabar beradi The Wall Street Journal. Zavod Bangalor shahrida joylashgan, mahsulotning ilk partiyasi bir haftadan keyin tayyor bo‘ladi.

Endi nima bo‘ladi?

Apple Hindistonda yirik bozor bilan shug‘ullanishga jiddiy qaror qilgan, chunki kompaniya u yerda daromad qilish imkoniyatlari katta bo‘lishidan umidvor.

Ammo hozircha mamlakat ichida yuqori ko‘rsatkichlar bilan maqtana olmaydi. Oxirgi hisob-kitoblarga qaraganda, Apple mahalliy bozorning atigi uch foizini egallagan. Ammo yangi ochilgan zavod tezda iste’molchilar e’tiborini qozonishga yordam beradi.

Hindiston qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda o‘z firma do‘konini ochish uchun, Apple o‘z mahsulotining kamida 30 foizini uning hududida ishlab chiqarishi lozim.

Narxi arzon bo‘larmish…

Tarqalgan gap-so‘zlarga ko‘ra, Hindistonda ishlab chiqarilgan iPhone SE narxi 220 AQSh dollariga teng bo‘lar emish (hozirda mazkur smartfon narxi aslida 400 dollarga yaqin).

Ammo hozircha bu ma’lumot tasdiqlanmagan, chunki Apple o‘zining istalgan modeldagi mahsulotiga butun dunyo bozorlarida bir xil narx belgilaydi. Lekin hozirda kompaniya hindistonliklar uchun chegirma qilishi ehtimoli ham mavjud. Axir, bozorning bozorning atigi uch foizi rahbariyatni qoniqtirmaydi, Apple bu yerdan anchagina katta daromad olish imkoniyatiga ega.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!