iPhone va iPad savdosi xavf ostida – Qualcomm Apple’ni sudga berdi
Apple kompaniyasini boshqalarning
texnologiyalaridan noqonuniy foydalanishda ayblashmoqda. Bu haqda xorij
manbalariga tayangan holda riafan.ru sayti xabar
berayotir.
Chiplar ishlab chiqarishi bilan mashhur bo‘lgan Qualcomm Inc. firmasining ta’kidlashicha,
kupertinolik gigant uning patentlashtirilgan naq oltita texnologiyasini
o‘g‘irlagan.
Qualcomm Inc. bu xususdagi shikoyatini AQSh Xalqaro savdo bo‘yicha federal komissiyasiga topshirgan. U mazkur masala yuzasidan sinchkovlik bilan tekshiruv o‘tkazilishini so‘ramoqda. Shuningdek, firma sudga ham da’vo arizasi bilan murojaat etgan.
Chiplar ishlab chiqaruvchi firma Applye uchun jazo sifatida iPhone hamda iPad’lar
savdosini taqiqlashni, shuningdek, yetkazilgan ziyonning qoplanishini talab
qilmoqda. Bu to‘g‘rida vaziyat bilan yaxshi xabardor bo‘lgan manbalarga asoslanib
ommaviy axborot vositalari yozishmoqda, deyiladi xabarda.