iPhone X foydalanuvchilari allaqachon nuqsonlardan shikoyat qila boshlashdi

  •   DiMaX
  •  3346
  •  11.11.2017 14:43

iPhone X foydalanuvchilari allaqachon nuqsonlardan shikoyat qila boshlashdi

Apple’ning yaqinda savdoga chiqarilgan «yubiley ayfoni» ko‘plab mamlakatlarda katta talab bilan sotilayotganidan xabaringiz bor. Biroq smartfonni qo‘lga kiritgan foydalanuvchilar allaqachon undagi kamchilikdan shikoyat qila boshlashgan, deb yozadi Mac Rumors nashri.

Kamida 20 nafar iPhone X egasi yangi smartfon ekranidagi yashil chiziqdan shikoyat qilgan. Xabarga ko‘ra, mazkur nuqson ayfon qadog‘idan olinib, foydalana boshlanganidan keyingi bir necha kun ichida namoyon bo‘lmoqda. Bunday hollarda smartfonning o‘ziga shikast yetmagan, faqat ekraniga yashil rangli to‘g‘ri chiziq tushib qolayotir.

O‘QING: iPhone sotishdagi eng keng tarqalgan aldovlar va ularga aldanmaslik yo‘llari

Foydalanuvchilarning aytishlaricha, iPhone’ni o‘chirib-yoqish ham, hattoki sozlamalarini to‘liq dastlabki holatiga qaytarish ham ekrandagi muammoni hal etishga yordam bermayapti.

Ma’lum qilishlaricha, mazkur muammo qurilmaning yetkazilish partiyasiga yoki tarqalish mamlakatiga ham bog‘liq emas. Ekrandagi yashil chiziqdan noligan foydalanuvchilar AQSh, Kanada, Polsha va Avstraliyada ham bor, deydi Mac Rumors.

Twitter foydalanuvchilardan birining aytishicha, u mazkur muammo yuzasidan Apple qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat etgan va kompaniya uning smartfonini almashtirib bergan.

O‘QING: «Yubiley ayfoni»dagi xatoni ham Apple rasman tan oldi!

iPhone X displeyidagi muammolar to‘g‘risida xabarlar 10 noyabr kunidan tarqala boshlagandi. O‘shanda foydalanuvchilar sovuq haroratda smartfon ekranining sensori teginishlarni sezmay qolayotganidan nolishgan. Apple shunda ayfon ekranidagi muammoni tan olgan va xatolikni tuzatish uchun yangilangan dasturiy ta’minot taqdim etishga va’da bergan.

Voqealar rivojini biz bilan kuzating.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!