iPhone X’ni uyaltirgan smartfon

  •   Saroy
  •  2351
  •  05.06.2018 18:23

iPhone X’ni uyaltirgan smartfon

VKontakte saytida ikkita rasmga ovoz berish so‘raldi. Ularning ikkalasi ham bitta rasm, lekin qaysi biri sifatli olingan? Gap ana shunda edi.

Ushbu fotografiyalar DGL.ru sayti redaksiyasi tomonidan namoyish qilingan. Mazkur sayt hozirda MEIZU 15 PLUS haqida sharh tayyorlamoqda. Foydalanuvchilardan qaysi rasm sifatli olingani haqidagi fikri so‘raldi, faqat qurilmaning nomi sir tutildi.

O‘QING: National Geographic uchun Meizu 15'da surat olindi

So‘rov natijalariga ko‘ra, katta farq bilan birinchi fotografiya g‘olib bo‘lgan. Birinchi fotoning ranglarga boyligi va har bir kadrlarning detallashtirilgani ko‘pchilikka ma’qul kelgan. To‘g‘ri ikkinchi rasmni yoqtirganlar ham anchagina, chunki ikkinchi rasm  yanada yorqinroq ko‘ringan, lekin u ranglar bilan boyitilmagan, tasvir  ham unchalik tiniq emas, kadrlar ham u qadar detallashtirilmagan.

Endi esa qartani ochamiz, ya’ni suratlar qaysi qurilmalarda olingan edi?

Birinchi foto MEIZU 15 PLUS smartfonida olingan, ikkinchi foto esa iPhone X’da. Xullas, yaqin kunlarda  MEIZU 15 PLUS haqida katta sharh e’lon qilinadi va undan qurilmaning yangi imkoniyatlarini o‘zingizga kashf qilsangiz ajab emas. iPhone X bu xabarga  qanday izoh beradi, bunisi hozircha jumboq.

O‘QING: Meizu’ning yubiley smartfoni ham uch xil versiyada chiqadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!