iPhone X’ning chorak narxida uning ilk haqiqiy «kushanda»si namoyish etildi!

  •   DiMaX
  •  2137
  •  08.02.2018 14:38

iPhone X’ning chorak narxida uning ilk haqiqiy «kushanda»si namoyish etildi!

O‘tgan yili kupertinolik gigant taqdim etgan yubiley ayfoni dizaynidan ilhomlanib, ko‘p kompaniyalar xuddi shunday – «o‘yiq»li ekranga ega smartfon yaratishga kirishganidan xabaringiz bor. Ammo xitoylik bir smartfonsoz iPhone X’ga haqiqatan o‘xshash bo‘lgan birinchi telefonni allaqachon namoyish etdi.

O‘QING: Xiaomi'ning «iPhone X kushandasi» samaradorlikda yuqori ball to‘pladi

Bilamizki, iPhone X hozirda bozordagi eng ilg‘or, innovatsion va... qimmat smartfon bo‘lib turibdi. Uning yuqori xususiyatlari xaridorni xursand qilishi aniq, ammo narxi o‘ylantirib qo‘yadi.

Lekin «o‘yiq»li ekranga ega flagman ishqibozlari yaqin orada xuddi shunday smartfonni yubiley ayfonidan to‘rt karra arzonga olishlari mumkin bo‘ladi. Zero, xitoylik smartfonsoz iPhone X’ning ilk haqiqiy «kushanda»si – UMIDIGI Z2 modelini namoyish etdi va u ko‘pchilikka ma’qul kelayotir.

Mazkur smartfon diagonali 6,2 dyuymli ekranga ega, displeyining tasvir aniqligi esa FHD+ formatida, ya’ni 2246x1080 pikselli. Ekranning tepa qismida, xuddi iPhone X’dagi kabi, «kemtik» joy ochilgan, u yerda gaplashish dinamigi, old kamera va boshqa tegishli datchiklar joylashgan. Displey ostidagi rom ham minimal darajada ixchamlashtirilgan, shu bois ham «xitoycha iPhone X» original yubiley ayfoniga judayam o‘xshash chiqqan.

O‘QING: iPhone X yakkahokimligiga chek qo‘yishmoqchi – BOE «o‘yiqli» AMOLED-displey yaratdi!

UMIDIGI Z2 korpusining orqa qopqog‘i shishadan ishlangan bo‘lib, unda LED-chaqnoqli qo‘shaloq kamera hamda uning ostida barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashiga ko‘ra, mazkur smartfon kamerasi orqa fonni xiralashtirib – portret rejimida suratga olishga qodir, lekin bu hali hammasi emas...

Telefonning pastki qirrasida quvvatlash uchun USB Type-C porti joylashgan, xolos. UMIDIGI Z2 «fishka»laridan biri – naq 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori bo‘lib, unga tezkor quvvatlash funksiyasi ham tatbiq etilgan. Mazkur quvvat toshi evaziga u iPhone X’dan ko‘ra 2,5 karra uzoqroq avtonomlikka ega. Ya’ni, uni 2–3 kunda bir marta quvvatlash yetarli bo‘ladi.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonga iPhone X ishoralarini o‘rnatsa bo‘ladi!

Xitoyliklarning yangi flagmanida an’anaviy 3,5 millimetrlik audiotirqishi yo‘qligi ham uning original iPhone X’ga yanada o‘xshashini ta’minlagan. Undagi NFC moduli esa telefonda Android Pay to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Xabarlarga ko‘ra, UMIDIGI Z2 savdoga chiqarilganida, unga 250 AQSh dollari miqdorida narx belgilanadi. Ya’ni, bu smartfon iPhone X’dan naq 4 karra arzonroq sotiladi! Ushbu smartfonning to‘laqonli rasmiy taqdimoti yaqin haftalar ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, savdoga esa u mart oyining birinchi yarmida chiqarilishi rejalashtirilgan. Ehtimol, iPhone X’ning ilk haqiqiy «kushanda»sini o‘shanda onlayn savdo platformalari orqali xarid qilish imkoni ham tug‘ilar.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!