iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

  •   DiMaX
  •  3418
  •  07.11.2017 17:37

iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

Kupertinolik texnogigantning «yubiley ayfoni» hozirda eng qimmatbaho smartfonlardan biridir. Mutaxassislar uning butlovchi qismlarini tahlil qilib, tannarxini aniqlashdi, deb yozadi Reuters.

Aytish kerakki, mazkur flagmanning tannarxi avval ham hisoblab ko‘rilgan, ammo ushbu nufuzli nashr tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar sal boshqacharoq. Unga qaraganda, iPhone X’dan bittasini yaratish uchun kompaniya atigi 357,5 AQSh dollari sarflar ekan! Shu tariqa, AQShda mazkur flagmanga 999 dollar narx qo‘yilganini hisobga olsak, qiymatning 64 foizi Apple’ning foydasiga ketishini anglash qiyin emas.

O‘QING: 700 dollarlik iPhone 8'ning ham tannarxi hisoblandi

Biroq «yubiley ayfon»ga dunyoning turli mamlakatlarida har xil narxlar qo‘yilganidan ham xabaringiz bor. Hi-Tech Mail.Ru nashri uning Rossiyadagi narxidan kelib chiqib, har bir smartfondan Apple’ning olayotgan daromadini hisobladi. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyadagi Apple Store do‘konida bu qurilmaning narxi 79 990 rublni tashkil etadi. Joriy kurs (1 dollar = 58 rubl) bo‘yicha hisoblaganda, iPhone X narxi Rossiyada taxminan 1380 dollarga borib qoladi. Bu qiymatdan smartfonning tannarxi – 357,5 dollarni olib tashlasak, uning ustiga qo‘yilgan mablag‘ ming dollardan oshib ketganiga guvoh bo‘lamiz.

O‘QING: iPhone X eng qimmat va eng arzon sotiladigan mamlakatlar bilan tanishing

Shunisi ham borki, yuqorida hisoblangan 357,5 dollar miqdoridagi tannarxni hisoblaganda mutaxassislar faqat iPhone butlovchi qismlarining narxidangina kelib chiqishgan. Ya’ni, ayfonni ishlab chiqarishga ketadigan boshqa turdagi (tadqiqot va ishlanmalar, dasturiy ta’minotni yaratish, reklama va boshqa) xarajatlar bu tannarxga kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida ayrim iPhone modellariga so‘mda belgilangan narxlar bilan mana bu, iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus modellarini kredit bo‘yicha so‘mga xarid qilish imkoniyatlari bilan esa mana bu xabarlarimizda tanishib chiqishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.