iPhone yaxshimi yoki Android-smartfon? (2ta video)

  •   DiMaX
  •  2532
  •  26.04.2018 12:25

iPhone yaxshimi yoki Android-smartfon? (2ta video)

Aslo yechimi yo‘q savol bu, nima dedingiz? Ammo Apple korporatsiyasining fikricha, buning javobi aniq... Kupertinolik gigant shu kunlarda e’lon qilgan ikkita videolavhada ayfonlarning Android-smartfonlardan ustunligi aks ettirilgan.

Apple mazkur reklama roliklarida iPhone’ga o‘tishning afzalliklarini ko‘rsatib bergan. Uningcha, iOS tizimi foydalanuvchilar uchun Android’ga nisbatan ancha qulay. Shuningdek, bu lavhalarda raqib tomonga nisbatan hazil ham mavjud.

O‘QING: iPhone reklamasida Apple Android tizimini masxaraladi [қисқа видео]

App Store namoyish etilgan birinchi rolikda mazkur ilovalar do‘konining Google Play’ga nisbatan ancha xavfsiz ekani ko‘rsatib beriladi. Aslida ham shunday: iOS uchun ishlangan ilovalar App Store’da e’lon qilinishidan avval ularda ziyonkor dasturiy kod yo‘qligi o‘ta sinchiklab tekshiriladi.

O‘QING: Apple 20 yil avval raqiblari ustidan qanday kulgandi? (3 ta video)

Ikkinchi reklama roligi esa iPhone 8, 8 Plus va iPhone X kameralarining yaqqol ustunligi ko‘rsatib berilgan. Apple fikricha, «Portret» funksiyasi hatto fotostudiya darajasidagi yuksak natijaga erishish imkonini beradi.

Shu tariqa, Apple ham, boshqa kompaniyalar ham ayrim reklama roliklarida o‘z raqiblarini masxaralab turishadi. Nima ham derdik – raqobat, marketing...

O‘QING: Huawei o‘z flagmani reklamasi bilan Samsung va Apple’ni masxara qilmoqda