Jahonning eng yaxshi sotilayotgan smartfonini bilasizmi?

Jahonning eng yaxshi sotilayotgan smartfonini bilasizmi?

Aksariyat foydalanuvchilarning tanqidiy gap-so‘zlariga qaramasdan, iPhone X flagmani hozircha jahonning eng yaxshi sotilayotgan devaysi bo‘lib turibdi. So‘nggi bir oyda olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat berib turibdi. Biroq shu kunlarda iPhone X uchun butlovchi qismlar yetkazib beruvchi kompaniyalar iPhone X savdosi pastligi bois ularning daromadi pasayib borayotganini xabar berishmoqda.

Xususan, Samsung shu kunlarda Apple endi undan OLED-displeylarni sotib olmasligini ma’lum qilgan edi. iPhone hamda iPad uchun protsessor ishlab chiqaruvchi TSMC zavodi ham Apple yangi smartfoni uchun buyurtma qilayotgan chiplar miqdori kamayib borayotganini aytgan edi. Ammo tadqiqot natijalari bu fikrlarga zid kelmoqda.

O‘qing: Xiaomi Mi 6X (Mi A2) rasman taqdim qilindi

Counterpoint Research marketing va tadqiqot kompaniyasiga ko‘ra, 2018 yilning ilk choragida Apple mahsulotlariga talab keskin oshib bormoqda. Jahonning eng yaxshi sotilayotgan smartfonlari reytingida esa kompaniyaning quyidagi modellari peshqadam: iPhone X, iPhone 8, iPhone 7, iPhone 8 Plus. Shu bilan birga tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, savdo ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi natijalardan yuqori.

Bu devayslardan so‘ng hamyonbop Xiaomi Redmi 5A jahonning eng yaxshi sotilayotgan smartfonlari ro‘yxatiga kiritilgan. Koreyaning Samsung Galaxy S8 flagmani esa keyingi o‘rinni egallagan. Reyting bilan to‘liq quyidagi jadvalda tanishib chiqing.

Korporatsiya rahbari Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, iPhone X kompaniyaning savdoga chiqqach eng tez sotilgan telefoniga aylangan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!