Kameralar “jangi”: Galaxy S7 edge smartfoni LG G5 SE’ga qarshi

Kameralar “jangi”: Galaxy S7 edge smartfoni LG G5 SE’ga qarshi

Eng sifatli tasvir oluvchi smartfonlarning kameralari o‘rtasidagi bu galgi “musobaqa”ga Samsung Galaxy S7 edge hamda LG G5’ning yaqinda e’lon qilingan maxsus “SE” talqinini kiritishni joiz deb topdik.

2016 yilning eng yaxshi aqlli telefoni nomini olishga umid qilayotgan G5’ning ancha-muncha takomillashgan “G5 SE” talqini yilning eng yaxshi kamerafoni bo‘lishga da’vo qilayotgan Samsung Galaxy S7 smartfoniga munosib raqib deyish mumkin.

Mazkur musobaqada smartfonlar kunduzda olingan fotosurat, tunda olingan fotosurat, portret, yirik detalli fotosurat va selfi fotosurat kabi 5 yo‘nalishda kuch sinashadi. Ikkala smartfonda ham suratlar bir vaqtda, bir xil rakursdan olinadi. Har ikki smartfon kamerasining HDR o‘chirilib, ular avtomat sozlanish tizimiga o‘tkaziladi.

Samsung Galaxy S7 Edge 12 megapikselli bosh hamda 5 MP old kameraga ega. U avtofokus tizimi, old va orqa fotochaqnoq, optik barqarorlashtirish tizimi bilan ta’minlangan.

LG G5 SE 16 Mpiks bosh hamda 8 Mpiks old kameraga ega. U tasvirni raqamli yaqinlashtirish (zoom), lazerli avtofokus, tashqi fotochaqnoq bilan ta’minlangan.

Shuningdek, innovatsion gadjetlarning video tasvirga olish ko‘nikmasi ham sinovdan o‘tkazildi. Bunda ularning suratni optik barqarorlashtirish tizimi, videoni Quad HD (2560×1440) formatida yozish qobiliyati hamda ovozni sifatli yozish ko‘nikmasi tekshirib ko‘rildi.

 Kunduz kuni olingan fotosurat

камера

Bulutli ob-havo sharoitida olingan surat detallariga e’tibor qaratilsa, unda shubhasizki, Samsung Galaxy S7 g‘olib bo‘lgani ko‘rinib turibdi. Bu smartfon kamerasi suratga oq tus balansini to‘g‘ri bera olgan. Shuningdek, u olgan surat ancha yorqin ham.

Tunda olingan fotosurat

камера

Tunda olingan suratlar smartfon kamerlarini chinakamiga sinovdan o‘tkazadi.  Yana ko‘rib turganingizdek, Galaxu S7 edge o‘zining kamerafonligini isbotlay olgan. Samsung flagmani olgan suratda zahillik u qadar ham sezilmaydi.  Shuningdek, suratdagi mayda detallar ham aniq-tiniq ko‘rinib turibdi. Manzaraning asl rangi Galaxy S7 edge olgan suratda aks etgan.

LG G5 SE’da mavjud optik barqarorlashtirish funksiyasi o‘z ishini uddalay olmayapti.

Portret

камера

Bino ichida olingan portretni olishda smartfon kameralaridan inson qiyofasidagi sariq tusni tanlay olish, oq balansni me’yorida ta’minlash talab qilinadi. Samsung Galaxy S7 edge gadjeti olgan suratda inson yuzidan yorqinlik taralib turibdi. Ammo LG G5 SE bu bellashuvda detallarga boy surat olishda kuchli ekanini namoyish qildi.

Makro yoki yaqindan suratga olish

камера

Lego-odam haykalchasi makro surat olishga yordam beradi. Bu kurashda har ikkala smartfon, ya’ni LG G5 SE ham,  Samsung Galaxy S7 edge ham qobiliyatli ekani ko‘rinib turibdi. Har ikkala suratda ranglar yorqin va o‘z me’yorida. Hatto LG G5 SE’da bir oz ustunlik bordek.

Avtoportret yoki selfi

камера

Mana ko‘rib turibsizki, Galaxy S7 edge qurilmasining 5 megapikselli old kamerasi LG G5 SE apparatining 8 megapikselli old kamerasiga yutqazib qo‘ydi. Bu suratda ham inson qiyofasida yorqinlik, fayz bor. LG G5 SE’ning selfi-kamerasida ozgina yorqinlik ustunlik qilyapti.

Sifatli videotasvir olish

Full HD formatidan ham yaxshiroq videotasvir olish innovatsion flagmanlarning o‘ziga xosligidir. Tasvirga olish asosan telefonlarning protsessorlariga bog‘liq masala. Chunki soniyalar ichida chiplar katta hajmli ma’lumotli qayta ishlashi kerak bo‘ladi. Sinov vaqtida har ikkala smartfonda Ultra HD (3840×2160) hamda Full HD (1920×1080) formatlarida video yozib ko‘rildi.

Guvohi bo‘lganingizdek, LG G5 SE smartfonining Snapdragon 652 protsessori pand berdi. Uning o‘rnida  G5’ning ilk talqinida foydalanilgan Snapdragon 820 bo‘lganida qoyilmaqom bo‘lgan bo‘lar edi. Hatto Full HD videotasvirda kamchiliklar sezilgan. Samsung’ning “aqlli telefoni”dagi kuchli Exynos 8890 protsessori tiniq video yozib olishga xizmat qilgan.

Sinov jarayonida LG smartfoni tasvirni optik barqarorlashtirishda peshqadam ekanini isbotlay oldi.

Sifatli ovoz yozish

Ovoz yozishda har ikkala LG G5 SE va Samsung Galaxy S7 edge telefonlari yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldilar.

Surat va videotasvir olishda Galaxy S7 edge o‘zining kuchli ekanini isbotlay oldi.

Sifatli ovoz yozishda ham Galaxy S7 o‘zining ustun ekanini ko‘rsatdi. Ammo optik barqarorlashtirishda LG smartfoni yetakchilik qildi. G5 SE’ga yanada kuchliroq protsessor o‘rnatilsa, uning videoni yozish qobiliyati oshgan bo‘lar edi. Ayniqsa, Ultra HD video yozish uning uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.