Kelajak smartfonlarida interfeys qanday ko‘rinishda bo‘ladi

  •   Saroy
  •  770
  •  26.10.2018 12:18

Kelajak smartfonlarida interfeys qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Hozirda smartfonlarda ishlash jestlar asosida interfeys bilan amalga oshiriladi. Bunday interfeyslar ayni paytda barcha iPhone Apple va Android-smartfonlarda taklif etilmoqda. U ilovalardan ilovalarga barmoqning bir harakati bilan o‘tish imkonini beradi. Bu esa navigatsiya tugmachalariga zarurat qoldirmaydi. Ammo yaqinda qurilmani boshqarishning yana bir tezkor va intuitiv usuli paydo bo‘ldi.

Britaniyalik dasturchilar butunlay yangi interfeysni taklif etmoqdalar. U biz real hayotda vazifalarni qanday qilib tashkillashtirishimiz va hal etishimizni qayta ko‘rsatib beradi. Magic UX kompaniyasi jismoniy hayotda qayd etilgan kenglikka turli ilovalarni "qistirib" qo‘yish uchun  qo‘shimcha reallikdan foydalanmoqda.

O‘QING: Apple mobil interfeyslar olamida inqilob tayyorlamoqda! (+«jonli» video)

Masalan, agar siz elektron pochtada xat yozsangiz, qolgan barcha ilovalarni atrofingizdagi bo‘sh joylarga joylashtirib chiqishingiz mumkin. Agar sizga boshqa ilovadan ma’lumotlarni xabarga qo‘shimcha qilish yoki nusxa olish zarur bo‘lsa, siz uni shunchaki smartfonni bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazib ko‘chirsangiz ham bo‘ladi. Amazing!

Shunday yo‘l bilan ob-havo ma’lumotlarni (masalan taqvimdan yoki kartadan) ham ko‘chirish mumkin. Bundan tashqari, qo‘shimcha reallik bilan to‘ldirilgan interfeys sizning virtual ish stollaringizni eslab qolishi va qayerdaligini yodda saqlashi mumkin. Ularga keyinroq qaytsangiz bo‘ladi.  Konsepsiya juda maqbul va oddiy ko‘rinadi. Shu bois unga yaqin orada yirik brendlar ham qiziqishi turgan gap.

O‘QING: Android Nougat: Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarida Calendar ilovasining yangicha interfeysi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!