Kiber-viruslardan himoyalanish uchun 4 tavsiya

Kiber-viruslardan himoyalanish uchun 4 tavsiya

Ishdan qaytib kelgach, ko‘pchiligimiz elektron pochtaga ko‘z yugurtirish, suhbat qurish yoki kino tomosha qilish maqsadida, kompyuterni yoqamiz. Biroq, ne ko‘z bilan ko‘raylikki, kompyuter yoqilmaydi. Uning ekranida “Barcha fayllar shifrlandi. Ularni o‘z holiga qaytarish uchun 300 dollar to‘lashni talab qilamiz!” degan yozuvni ko‘ramiz. Chindan ham kompyuter tarmog‘iga tushgan virus bois fayllar mashina o‘qiy olmaydigan formatga keltirilgan. Shaxsiy kompyuter — bizning xotiralarimiz, yiqqan-terganlarimiz saqlanadigan muhim ma’lumotlar ombori. So‘ralgan pulni to‘lamasak, ulardan mahrum bo‘lamiz.

Bu vaziyatda har qanday ekspertning birinchi tavsiya kompyuterni tok va internet tarog‘idan uzish kerakligi mazmunida bo‘ladi.

So‘nggi yillarda virusdan jabrlanish ommaviy muammoga aylandi. Xususan, qurilma tizimini qulflab qo‘yib, pul talab qiladigan tovlamachi kiberviruslar tahdidi oshib bormoqda. Quyida bu kabi jinoyatlar qurboni bo‘lmaslik uchun zarur maslahatlarni beramiz.

1. Operatsion tizimni doimo yangilab boring.

Kompaniyalar tomonidan yaratilgan tizimlar yillar davomida takomillashtirib boriladi. Jumladan, yangilanishlar ulardagi viruslar hujumiga bardosh bera olmaydigan bo‘shliqlarni ham to‘ldiradi.

2. Zarur ma’lumotlardan nusxa olib qo‘yishga odatlaning.

Hozir internet tarmog‘iga har kuni minglab viruslar tarqalmoqda. Siz qimmatli ma’lumotlar, jumladan ilmiy ishlarizni, suratlar, videolarni fleshka, disklarda yoki Google Disk, Dropbox kabi “bulutli” ma’lumotlar saqlash omborlarida saqlang. Juda bo‘lmasa, zarur hujjatlarni pochta orqali boshqa bir elektron pochtangizga tashlab qo‘ying.
Aks holda, virus talab qilmagan pulni to‘lamasangiz — ma’lumotlardan ayrilasiz. U so‘ragan pul to‘langan taqdirda ham, shifrlanib qolgan ma’lumotlarning asl holiga qatishiga hech kim kafolat bermaydi.

3. Elektron pochta xabarlariga ehtiyokor bo‘ling
Elektron pochta orqali kompyuterga zararli faylning tushib qolishi — ommaviy holat. Sizga spam ko‘rinishidagi begona ims-sharif, notanish xizmatdan xabar kelsa, uni ustiga bosa ko‘rmang. Word yoki Excel hujjatlari, zararli faylga ega veb-sahifalar, Adobe hujjatlar, ijtimoiy tarmoq manzillari aslida zararli faylning shunchaki niqobi bo‘lishi mumkin.

4. Viruslarga qarshi dasturni yangilab boring
Ko‘pchiligimiz kompyuterdagi xavfsizlik masalasiga diqqat qilmaymiz. Vaholanki, antivirus hamda elektron pochta uchun maxsus skaner dasturlari bor. Ularni yangilab borishni unutmang. Ularning fayllar antivirusi, faol himoya, tarmoq hujumlaridan himoya, pochta filtri kabi modullari borligiga ishonch hosil qiling.

Windows uchun ishonchli antiviruslar to‘g‘risida batafsil ma’lumot oling.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!