Kollayderning sayyoramiz uchun xavfi: ayrim olimlar ssenariyni quyidagicha tasvirlamoqda

  •   Saroy
  •  898
  •  05.10.2018 16:48

Kollayderning sayyoramiz uchun xavfi:  ayrim olimlar ssenariyni quyidagicha tasvirlamoqda

Britaniyalik olim Martin Ris elementar zarralarni haydash sinovida ozgina xatoga yo‘l qo‘yilsa nima bo‘lishini bashorat qildi. Natija esa juda qayg‘uli.

Katta adronli kollayderda amalga oshirilayotgan  eksperimentlar (BAK) 2008 yildan buyon davom etmoqda. Garchi shu o‘tgan vaqt mobaynida birorta sayyoraga zarar yetmagan va birorta olam sochilib ketmagan bo‘lsa-da, dunyoning turli joylaridan mutaxassislar qayg‘uli bashoratlarni ham aytishmoqda. Britaniyalik Martin Ris  ham ana shunday tushkun kayfiyatda bashorat qilayotgan olimlardan hisoblanadi. Uning aytishicha, elementar zarralarni haydashda xatoga yo‘l qo‘yish  juda dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Olim o‘zining  «Kelajak haqida: insoniyat istiqbollari» deb nomlangan yangi kitobida BAK ichida kechayotgan jarayon nazoratdan chiqib ketsa qanday oqibatlarga olib kelishini uchta ssenariy bo‘yicha  bayon qilgan.

O‘QING:«Sayyora ovchilari»: TESS Yerga o‘xshash ikkita sayyorani kashf etdi

Birinchi — «klassik janr» deb aytiladi: qora tuynuk  paydo bo‘ladi va shu zahotiyoq Yerni o‘ziga tortib ketadi. Ikkinchisi strapelka yoki g‘alati  materiya bilan bog‘liq. Bu faqat g‘alati kvarkalardan tashkil topgan materiya bo‘lishi mumkin yoki  pastga, yuqoriga teng ajralgan g‘alati kvarkalardan tashkil topgan alohida adronlarga bo‘linmagan kvarka jismlaridir. Ammo materiyaning tuzilmasidan qat’iy nazar Risning taxmin qilishicha, kollayder ichida paydo bo‘lgan strapelkalar Yerdagi barcha materiyalarning  g‘alati shaklga o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Bunday jarayon natijasida sayyoramiz diametri ikki yuz metrcha keladigan sferaga aylanadi.

Ris bayon qilayotgan uchunchi ssenariy esa quyidagicha kechadi: Olam mutlaqo bo‘sh kenglikka aylanadi va unda hech narsa, hatto alohida zarralarning fundamental uzaro harakati ham bo‘lmaydi. Bunga sabab shuki, zarralar to‘qnashuvi chog‘ida to‘planib qolgan quvvat  “bo‘shliq to‘qimalarining parchalab ketishiga” olib kelishi mumkin.

Ammo Katta adron kollayderi loyihasiga kiruvchi Yadro tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa tashkiloti mutaxassislarining ta’kidlashicha, havotir olishga o‘rin yo‘q.  BAK xavfsizligi bo‘yicha guruh o‘z hisobotini 2003 yildayoq e’lon qilgan edi. Unda  zarralarni haydash eksperimenti dunyomiz uchun mutlaqo xavf tug‘dirmasligi aytilgandi. «BAK ichida nima yuz berayotgan bo‘lsa, tabiatning o‘zi bu ishni  Yer va boshqa koinot jismlari paydo bo‘lgandan beri qilib keladi, — deydi olimlar.

O‘QING:Ajralish bo‘lmaydi: XKS atrofidagi mojarolar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!