Kumush korpusli Xiaomi Mi6 narxidan 4 barobar qimmatga sotildi

Kumush korpusli Xiaomi Mi6 narxidan 4 barobar qimmatga sotildi

Mi6 flagmanining taqdimotida Xiaomi kompaniyasi vakillari smartfonning maxsus — kumush korpusli Xiaomi Mi6 Silver Edition talqini ham sotuvga chiqishini ma’lum qilishgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, flagmanning mazkur modifikatsiyasi ishlab chiqarilmasligi mumkin.

Xiaomi’ning marketing bo‘yicha direktori Zang Chjiyuan bir necha kun avval Mi6 Silver Edition talqini sotuvga chiqarilmasligini e’lon qilgan. Buning bosh sababi sifatida kumush korpusni tayyorlash bilan bog‘liq murakkab jarayon ko‘rsatilgan. Ishlab chiqarilgan sanoqli Mi6 Silver Edition smartfonlari esa smartfon sanoati muhandisligining yuksak namunasi bo‘lib qoladi.

Aytish kerakki, bir muddat avval Xitoydagi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan Mi6 Silver Edition smartfonlaridan biri $585 dollar boshlang‘ich bahosiga sotuvga qo‘yilib, $2490 dollarga pullangan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.