LG egiluvchan displeyli smartfonga patent oldi

  •   Saroy
  •  944
  •  06.07.2018 13:07

LG egiluvchan displeyli smartfonga patent  oldi

LetsGoDigital nashri LG kompaniyasining egiluvchan smartfoniga olgan patent buyurtmasini e’lon qildi. Bu, mazkur ishlab chiqaruvchining ikkinchi egiluvchan apparati bo‘ladi. 

Patent rasmlariga qaraganda, LG’ ning egiluvchan ekranli apparati oddiy romsiz tashqi ko‘rinishga ega. Uning eng muhim jihati apparatni egish mumkin, hatto ikki buklab qo‘yish mumkin.

Displeyni egish sharnirli konstruksiya yordamida amalga oshiriladi, bundan maqsad, apparat cho‘ntakda tasodifan ochilib ketmasligi uchun. Korpusning ikki yonida bir juft magnit bor. Smartfonni ochganingizda uning displeyi avtomat  tarzda «uyg‘onadi», agar qurilma yig‘ib qo‘yilsa,  ekran o‘chadi.

LG’ning egiluvchan smartfoni ikkita antenna, bir juft mikrofon va dinamik bilan ta’minlangan. Shuningdek, apparatning ikkita kamerasi bor. Ularning bittasi orqa tomonga joylashgan bo‘lib, apparat yig‘ilgan holatda ham suratga oladi.

LG’ning egiluvchan smartfoni qachon sotuvga chiqadi, hozircha buni hech kim ayta olmaydi. Har holda kompaniya ushbu ”mu’jiza”sini uzoq ushlab turmasa kerak, chunki 2019 yil yanvarda Samsung ham o‘zining shunga o‘xshash modeli  – Galaxy X’ni chiqarishni rejalashtirgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!