LG: “V10’ga “merosxo‘r” kuchli smartfon tayyorlayapmiz”.   

LG: “V10’ga “merosxo‘r” kuchli smartfon tayyorlayapmiz”.   

Janubiy Koreyaning LG Electronics Inc kompaniyasi 1 avgust kuni jamoatchilikka keyingi oydan yangi, premium-turkumiga kiruvchi kuchli flagmanni sotuvga chiqarishini ma’lum qilgan.

LG’ning aytishicha, “V20” deya nom oladigan gadjet 2015 yilning oktyarb oyida taqdim qilingan, kompaniyaning so‘nggi omadli mobil telefoni – V10’ning “merosxo‘ri” bo‘lib, u Google Android operatsion tizimining yangi talqini – Nougat (Android 7.0 Nougat )da faoliyat ko‘rsatadigan ilk smartfon bo‘ladi.

Kompaniya V20 flagmaniga xos boshqa jihatlarga oydinlik kiritmagan. Ekspertlar yangi qurilmaning Quad HD sig‘imli displey, “Always On” funksiyasiga ega va muntazam faol holatda turuvchi qo‘shimcha uloq ekran, “ajdodi” kabi metall rom va suv tomchisiga bardoshli korpusga ega bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

LG V10

Ayni paytda LG’ning “bayroqdor” ilg‘or smartfonlari ikki – “G5” va “V” turkumlarida ishlab chiqarilmoqda. G5 smartfoni joriy yilning mart oyidan boshlab sotuvga chiqarilgan bo‘lib, bozorda kutilganidek nufuzga ega bo‘la olmadi.

Kompaniya 28 iyul kuni e’lon qilgan 2016 yilning 2-choragiga oid daromadlar hisobotida ma’lum qilishicha, mazkur davrda 13.9 million dona mobil telefon sotgan va mobil savdolari bo‘yicha aprel-iyun oylarini omadsiz bilan yakunlagan.

LG V10

LG ushbu smartfon mobil texnologiyalar bozoridagi raqobatda unga yutib chiqishiga yordam berishiga umid qilmoqda.  “V20 flagman smartfonlar orasida multimedia imkoniyatlariga boy ilg‘or standartga ega mobil aloqa vositasi bo‘ladi”, dedi LG Electronics’ning Biznes bo‘linmasi Prezidenti.

Aytish kerakki, smartfon bozorida raqobat tobora kuchayib, sentyabrda Galaxy Note, iPhone turkumidagi kuchli gadjetlarning savdoga chiqishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!