Louis Vuitton salkam 3000 dollarlik Android-soat chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  1909
  •  12.07.2017 11:32

Louis Vuitton salkam 3000 dollarlik Android-soat chiqardi (+video)

Louis Vuitton kompaniyasi Android Wear 2.0 operatsion tizimida ishlovchi Tambour Horizon nomli brend soatini chiqardi. Mazkur qurilma «aqlli» soatlarga mo‘ljallab Google Play’ga joylangan barcha ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi, deya xabar beradi Engadget.

Ulardan tashqari, Tambour Horizon’da eksklyuziv My Flight dasturi ham bor, u aviaparvozlar reyslarini kuzatib boradi. Shuningdek, soatning eksklyuziv siferblatiyam mavjud.

Tambour Horizon ko‘proq Huawei Watch 2 yoki LG Watch Style «aqlli» soatlariga o‘xshab ketsa-da, narxida farqi katta. Garchi Louis Vuitton ushbu gadjetiga qimmatbaho materiallar ishlatmagan bo‘lsa-da, unga juda baland narx belgilagan.

Mazkur «aqlli» soat ikki xil modelda taqdim etilmoqda. Uning Tambour Horizon Black modeli 2900 AQSh dollari turadi. Uning Graphite va Monogram modellari esa nisbatan arzonroq – 2450 dollarga narxlangan.

Shunisi ham borki, Tambour Horizon uchun tasmachalarni tanlash imkoniyati katta – ular 60 xil modelda taqdim etilgan.

Tambour Horizon’ning xususiyatlari:

• Displey: 1,2 dyuym, sig‘imi 390x390 pikselli, AMOLED;

 Chip: Snapdragon Wear 2100;

 Xotira: 512 MB tezkor va 4 GB ichki;

• Akkumulyator: 300 mA/soat sig‘imli.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!