Mail.Ru virtual reallikka mo‘ljallangan VR Invaders o‘yinini taqdim qildi

Mail.Ru virtual reallikka mo‘ljallangan VR Invaders o‘yinini taqdim qildi

Rossiyada o‘tkazilayotgan “Igromir” ko‘rgazmasida Mail.Ru Group kompaniyasi virtuallik reallikka mo‘ljallangan VR Invaders o‘yinini namoyish qildi.

O‘yinni personal kompyuterlarda HTC Vive yoki Oculus Rift VR-shlemlarida o‘ynash mumkin. O‘yin shuter motivlarida, Unreal Engine 4 harakati asosida yaratilgan.

Geymerlar o‘yinda sun’iy intellekt orqali boshqariladigan jangchi dronlar bilan kurashadilar. O‘yinda har biri 3 ta turdan iborat 10 ta bosqich mavjud. O‘yinchilar shuterni o‘ynash uchun turli qurol-aslahalarni ham tanlashlari mumkin.

VR Invaders relizi keyingi oyda bo‘lishi kutilmoqda. O‘yinni Steam va Oculus Store onlayn-marketlaridan yuklab olish mumkin bo‘ladi.