Manfaat bor joyda raqib bilan ham do‘stlashish mumkin

Manfaat bor joyda raqib bilan ham do‘stlashish mumkin

Intel Buyuk Britaniyaning ARM kompaniyasi bilan hamkorlikda smartfonlar uchun 10 nanometrli chiplarni ishlab chiqaradi. Bu borada ikkala kompaniya o‘zaro kelishuvga erishgan. Agar hammasi rejadagidek amalga oshadigan bo‘lsa, Intel mobil sanoatdagi eng yirik chip ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylanib, Qualcomm, TSMC, Samsung kabi kompaniyalar bilan raqobat qiladi.

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi yangi turdagi chiplarning ilk mijozi bo‘lishi kutilmoqda.

Intel kompaniyasining protsessor va modemlar yaratishdagi tajribasini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, uning uchun smartfonlarga chip tayyorlash murakkab kechmaydi. Shuningdek, ARM bilan hamkorlik Intel’ga virtual reallik qurilmalari uchun chip ishlab chiqarish imkoniyati ham taqdim qiladi.

Ikki gigantning birlashishi, albatta, mobil sanoat uchun ijobiy hodisadir. Bu orqali mahsulotlarning sifati sezilarli darajada ortadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!