Meizu 15’dan tashqari, Meizu 16 turkumi flagmanlari ham tayyorlanyapti!

  •   DiMaX
  •  922
  •  19.03.2018 10:53

Meizu 15’dan tashqari, Meizu 16 turkumi flagmanlari ham tayyorlanyapti!

Xitoyning taniqli smartfonsozlaridan biri – Meizu kompaniyasi o‘zining yangi – Meizu 15 turkumi qurilmalaridan tashqari, yana Meizu 16 turkumi flagmanlarini ham tayyorlamoqda. B haqda kompaniya asoschisi Xuan Chjan ma’lumot berdi, deb yozadi GizChina nashri.

O‘QING: Taqdim etilmagan Meizu mblu E3 smartfonini Galaxy S9+ bilan taqqoslashdi (+video)

Ushbu ishlab chiqaruvchi o‘zining Meizu 15 turkumi smartfonlarini 2018 yilning aprelidayoq taqdim etishni rejalashtirgan. Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular «foydalanuvchilar ko‘p yillar davomida qaytishni istaydigan» telefonlar bo‘ladi. Meizu 16 turkumi esa «butkul raqamli yondashuv»ni namoyon etadi.

Bulardan tashqari, Xuan Chjan o‘n oltinchi avlod smartfonlarning taqdimot vaqtini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Meizu 16 turkumi ham shu yilning o‘zida – avgust oyida namoyish etiladi. Bu gadjetlar haqidagi boshqa ma’lumotlar hozircha sir tutilmoqda.

O‘QING: Meizu'ning yubiley smartfoni iPhone X'dan zo‘r!

Internetda tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, Meizu 15 turkumi uchta modeldan iborat bo‘ladi: Meizu 15, 15 Lite hamda 15 Plus. Bulardan oxirgisi 6 dyuymlik displey, ilg‘or Samsung Exynos protsessori, 6 GB tezkor xotira, 64/128 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu modelga Android Nougat bazasidagi Flyme 7 proshivkasi o‘rnatib chiqariladi.

Meizu 15 hamda 15 Lite smartfonlariga esa Snapdragon 600 chipseti qo‘yilishi aytilmoqda.

O‘QING: Yetakchi smartfonsozlar uddalay olmagan texnologiyani Meizu qoyillatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!