Meizu 16’ning narxi ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1919
  •  25.06.2018 14:59

Meizu 16’ning narxi ma’lum bo‘ldi

Xitoy ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining yubiley smartfoni – Meizu 15’ning taqdimotidan keyin, navbatdagi modeli — Meizu 16’ni ham chiqarishga kirishib ketishdi. Navbatdagi qurilma haqida ba’zi yangiliklar ham ma’lum bo‘lgandi.  Endi esa qurilmaning narxi haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yozilishicha, Meizu kompaniyasi  Bosh direktori Djek Vong (Jack Wong) yangi qurilma 600 dollar atrofida bo‘lishini malum qilgan. Ko‘rinib turibdiki, gadjetning narxi arzon emas, lekin uning raqiblari OnePlus va Xiaomi Mi8 lar ham u yoq, bu yog‘i bilan shuncha turadi.

O‘QING: Meizu X8 endi Snapdragon 710 bilan ta’minlandi

So‘nggi tarqalgan xabarlarga qaraganda, devays ikkita modeldan iborat bo‘ladi, ular Meizu 16 va Meizu 16 Plus. Oddiy versiyasi Snapdragon 710 chipi,  20 Mp + 12 Mp bo‘lgan qo‘sh kamera,  sig‘imi 3080 mAch batareya,   quvvati 24 Vt bo‘lgan tez quvvatlantirgich qurilma – Super Cold mCharge bilan jihozlanadi. O‘z navbatida, qimmat versiyasi esa Snapdragon 845 protsessori, uchtalik kameru, tez va simsiz quvvatlantirgichga ega 3600 mAch sig‘imli batareya bilan ta’minlangan.

Ikkala qurilma ham avgustda sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Meizu 15 Lite Terabayt.uz’da sinovdan o‘tmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.