Meizu 16: uni imo-ishora bilan ham boshqarish mumkin

  •   Saroy
  •  1125
  •  29.06.2018 16:18

Meizu 16: uni imo-ishora bilan ham boshqarish mumkin

Avgust oyida  yangi Meizu16  modeli sotuvga chiqadi, hozircha esa ommaviy axborot vositalarida  kompaniyaning yangi smartfoni haqida gap-so‘zlar tarqalmoqda. Masalan. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida qurilmaning interfes tasviri namoyish qilindi, foydalanuvchilar gadjetni qanday boshqarishi ham ko‘rsatilgan.

Sozlagichda uchta navigatsiya tizimi bo‘ladi. Birinchi — bu Android navigatsiyasining standart tizimi,  tanlash chog‘ida ekranda orqaga, uyga klavishi va ko‘p funksionalli tugma  paydo bo‘ladi. Ikkinchisi — mBack texnologiyasi. Meizu kompaniyasining rahbari Xuan Chjanning ta’kidlashicha, dasturchilar  uni yanada mukammashlashtirish ustida ish olib bormoqda.  E’tibor bering: Meizu 16’ning birorta ham suratida mexanik tugmacha yo‘q, bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, u ekran ostidagi barmoq izlari skaneri bilan birlashtirib yuborilgan.

O‘QING: Meizu X8 smartfoni: narxi ma’lum bo‘ldi, raqibi ham

Uchunchisi esa,  bu — qurilmani imo-ishora bilan boshqarishdir. Uning qanday ishlashi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q, lekin gap-so‘zlar o‘z isbotini topsa,  16 chi model Meizu’ning shunday texnologiyadagi ilk smartfoni bo‘ladi.

Mish-mishlarga qaraganda,  Meizu 16 asosiy qo‘sh kameraga ega bo‘ladi, u chaqnoq-halqa va Snapdragon 710 chipi bilan ta’minlanadi. Uning akasi Meizu 16 Plus esa Snapdragon 845 chipi bilan ta’minlanadi. Ikkalasida ham mis trubaorqali sovutish tizimiga ega. Yangi qurilmalarning narxi 469–666 AQSh dollari atrofida bo‘ladi, deyilmoqda.

O‘QING: Meizu 16 va 16 Plus: narxlar flagmanchasiga bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!