Meizu 16X ikkitalik kamerasi bilan: sensori Sony IMX380 va IMX350

  •   Saroy
  •  936
  •  15.09.2018 15:15

Meizu 16X ikkitalik kamerasi bilan: sensori Sony IMX380 va IMX350

Meizu 16X smartfonining anonsigacha to‘rt kun qoldi. Ayni paytda ishlab chiqaruvchi qurilma kamerasi tafsilotlari posterini e’lon qildi.

Smartfon ikkitalik asosiy kamera bilan ta’minlanadi. Tasvirga qaraganda, devays Sony IMX380 i IMX350 modulini oladi. Buni shu narsa ham tasdiqlab turibdiki, Meizu 16 va Meizu 16 Plus’da ham xuddi shunday kamera bo‘ladi, degan gap so‘zlar tarqalgan. Bundan tashqari, Meizu 16X  fotografiyalarni unchalik yaxshi ko‘rinmaydigan sharoitlarda ham sifatli qayta ishlaydigan ArcSoft texnologiyasi bilan ta’minlanadi.

O‘QING:Meizu M8: rasmini ko‘rmoqchimisiz, marhamat!

Flagmanning anchayin soddalashtirilgan versiyasi 6-dyuymli AMOLED-matritsasi bilan jihozlanadi, uning formati 2160x1080 pikselli bo‘lib,  Snapdragon 710 chipi o‘rnatilgan. Smartfon ekranida barmoq izlari skaneri joylashgan. Bundan tashqari, yangi  qurilma 6 GB OZU, 64/128 GB PZU’ga ega bo‘ladi. Asosiy kamerasi 12 Mp + 20 Mp va  akkumulyatori tezkor zaryadkada  3100 mAch sig‘imiga ega bo‘ladi. Meizu 16X smartfonining narxi 300 dollar atrofida bo‘ladi va hali anonslashtirilmagan Xiaomi Mi 8 Youth smartfoni bilan raqobatlashadi.

O‘QING:Arzonlashtirilgan Meizu smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 14 sentyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!