Meizu’ning navbatdagi flagmani surati internetga chiqdi

  •   DiMaX
  •  797
  •  10.05.2018 15:39

Meizu’ning navbatdagi flagmani surati internetga chiqdi

Xitoylik ushbu smartfonsoz yaqindagina o‘zining Meizu 15 turkumidagi uchta smartfonini namoyish etgan edi. Endi esa, insayderlar bu kompaniyaning yana bitta smartfoni rasmini e’lon qilishdi.

O‘QING: Meizu 15 Plus – yubiley flagmani bilan tanishamiz!

Aytish kerakki, o‘tgan oyda ushbu modelning patent hujjatlari oshkor etilgan edi. Unga qaraganda, xitoyliklar dizaynda Samsung flagmanlariga ergashishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Insayderlar e’lon qilgan tasvirda esa Meizu smartfoni orqa tarafidan ko‘rsatilgan. Bu modelning orqa paneli yaqinda taqdim etilgan Meizu 15 yubiley smartfonlariga o‘xshab ketadi. Faqat bunda korpusning orqa qopqog‘i metall emas, balki shishadan ishlangan.

Ushbu suratdagi devays Meizu 16 turkumidagi yangi flagman bo‘ladimi yoki shunchaki oraliqdagi modelmi – bunisi hozircha noma’lum. Anig‘i shuki, smartfonsoz hali yubiley modellarini taqdim etmasidan avval ham, baravariga Meizu 16 smartfonlari ustida ishlayotgan edi.

O‘QING: Meizu 15’dan tashqari, Meizu 16 turkumi flagmanlari ham tayyorlanyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.