Microsoft arzonlashtirilgan Surface Book 2 ishlab chiqardi

  •   DiMaX
  •  1496
  •  05.02.2018 18:06

Microsoft arzonlashtirilgan Surface Book 2 ishlab chiqardi

Gibrid planshetlar borasida bozorning eng oldi mahsulotlari qatorida Microsoft kompaniyasining Surface Book modellari turadi. Korporatsiya o‘zining Surface Book 2 planshetini soddalashtirilgan va arzonlashtirilgan versiyada taqdim etdi.

O‘QING: Eng yaxshi zamonaviy planshet-transformerlar

Aytish kerakki, original Surface Book 2 versiyasi o‘tgan yilning noyabrida savdoga chiqarilgan, uning 13,5 dyuymlik ekranga ega modeli uchun 1499 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan edi. Endi esa ushbu transformer planshetning undan 300 dollarga arzon versiyasi ham chiqarildi.

Microsoft onlayn do‘konida 13,5 dyuymlik Surface Book 2’ning odatdagi – 512 gigabayt hajmlisidan farqli ravishda 128 gigabayt hajmga ega varianti ham paydo bo‘ldi. Xaridorlarga u 1199 dollardan taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Surface Book 2 displey diagonaliga ko‘ra ikki versiyada –13,5 va 15 dyuymlik talqinlarda taqdim etilgan. Qurilmalar sakkizinchi avlod Intel Core protsessorlari bazasida ishlaydi va Windows Mixed Reality virtual reallik shlemlari bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Windows 10’dagi maxfiy Mixed Reality funksiyasini faollashtiramiz

Planshet Intel Core i5-7300U yoki Core i7-8650U protsessori bilan jihozlangan, shu ikkinchi konfiguratsiyasi uchun NVIDIA GeForce 10 seriyasidagi grafika ham taklif etiladi. 15 dyuymlik versiya uchun 6 GB videoxotirali NVIDIA GeForce 1060, 13,5 dyuymlik uchun esa 2 GB videoxotiraga ega NVIDIA GeForce 1050 qo‘llanadi.

Surface Book 2’ning 13,5 dyuymli talqini displeyi 3000x2000 pikselli tasvir aniqligiga ega, 15 dyuymlik talqini esa – 3240x2160. Tezkor xotira hajmi 8 yoki 16 gigabaytni, doimiy xotira hajmi esa 256 GB, 512 GB yoki 1 terabaytni tashkil etadi. Shuningdek, planshetlarda 8 va 5  megapikselli kameralar, old tarafida stereodinamiklar mavjud.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, noutbukka ham aylana oladigan mazkur gibrid planshetlar 17 soatlik avtonom ishlash qobiliyatiga ega. Ular Wi-Fi (802.11ac) hamda Bluetooth 4.1 modullariga, USB 3.1 Type-A va USB 3.1 Type-C portlariga, 3,5 millimetrlik audiotirqishga va SDXC kartochkasi uchun slotga ega.

O‘QING: Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!