Microsoft eng kuchli Xbox One X o‘yin konsolini taqdim qildi

Microsoft eng kuchli Xbox One X o‘yin konsolini taqdim qildi

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy Electronic Entertainment Expo (E3) elektron o‘yinlar ko‘rgazmasida 12 iyunda Microsoft korporatsiyasi Xbox One X — o‘zining eng so‘nggi kuchli o‘yin konsolini taqdim qildi.

Xbox One X o‘yin pristavkasi Scorpio nomli ilg‘or dvigateli bilan o‘ziga xos. Microsoft’ga ko‘ra, bir sekundda 6 teraflop (6 trillionta) amalni bajaruvchi bu qurilma boshqa o‘yin konsollariga qaraganda 40 foizga samarali ishlaydi. Konsolning 5-avlod GDDR tezkor xotirasining sig‘imi 12 GB bo‘lib, bu xotiraning tezligi sekundiga 326 GB.ni tashkil qiladi. Konsolning doimiy xotira sig‘imi 1 terabaytni tashkil qiladi. Unga 8 gigabaytli qo‘shimcha xotira o‘rnatsa ham bo‘ladi.

Konsol 4K sig‘imli ekranga ulansa, unda 4K sig‘imli o‘yinlarni ham o‘ynash imkoni tug‘iladi. Ya’ni, Xbox One X videokartasi 4K sig‘imli o‘yinlar o‘ynaganda, bugungi o‘yinlar uchun zarur har sekundda 60 ta kadrni yangilash ko‘nikmasiga ega.

Microsoft bu konsol kadrlarning silliq yangilanishi, o‘yinlarni tezkor yuklanishi va sifatli namoyishi bilan eng yaxshi pristavka ekanini ma’lum qilgan.

Xbox One X’da 4K UHD sig‘imdi disklarni o‘qiydigan diskovod, suyukliq orqali hamda dvigatelni fen orqali sovutish tizimlari, 2 ta HDMI portlari, Bluetooth, 2 diapazonli WIFi, infra-qizil nurli port, raamli audio signallarni uzatuvchi qurilmalarni ulash mumkin bo‘lgan S/PDIF porti hamda Ethernet porti mavjud.

Shuningdek, Xbox One X konsolida o‘yin va ovoz uchun HDR rejimi, Dolby Atmos ovoz texnologiyasi tatbiq qilingan. Yangi qurilmada avvalgi — Xbox One’ga mo‘ljallangan o‘yinlarni ham o‘ynash mumkin.

Xbox One X o‘yin pristavkasi 2017 yilning 7 noyabrida $499 dollardan sotuvga chiqadi.