Microsoft kichik ekranli noutbuklarni arzonlashtirishga yordam beradi

Microsoft kichik ekranli noutbuklarni arzonlashtirishga yordam beradi

Tez orada AQshning Microsoft kompaniyasi noutbuk ishlab chiqaruvchilar uchun Windows 10 litsenziyasiga qo‘yilgan naxrni yanada tushirmoqchi, deb yozmoqda 3D News nashri.

2017 yilning birinchi mart sanasidan boshlab 14,1 dyuymgacha bo‘lgan ekranga ega arzon noutbuklar uchun dastur litsenziyasining narxi o‘tgan yildagiga qaraganda kamaytiriladi. Hozircha aniq raqamlar ma’lum qilinmagan.

Xrombuklar yuzaga keltirayotgan keskin raqobat tufayli kompaniya narxlarni tushirishga qaror qilgan. Google ayni vaqtda Chrome OS uchun noutbuk tayyorlaydigan kompaniyalardan komissiya olmagani tufayli xrombuklarning narxi kutilganidan ancha past. Bu esa kelajakda Microsoft uchun jiddiy muammo tug‘dirishi turgan gap. Ayniqsa, Lenovo, Acer, ASUS, Dell va Samsung kompaniyalari taqdim eta1tgan xrombuklar ta’lim sohasida ancha ommalashmoqda.

Avvalroq Microsoft vendorlarga kichik ekranli planshet va noutbuklarga Windows 8.1 with Bing dasturini bepul taklif qilgan edi.