Microsoft Lumia 640 – eng yaxshi aloqa sifatiga ega smartfon

Microsoft Lumia 640 – eng yaxshi aloqa sifatiga ega smartfon

Nokia brendidagi telefonlar avvaldan kuchli signalga ega antennalari bilan farqlanib turgan. Ayni ushbu xususiyatlarni Lumia modelidagi smartfonlar meros qilib olgan ko‘rinadi. Daniya energetika agentligi va bir qator telekommunikatsiya kompaniyalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan sinovlar natijasida Microsoft Lumia 640 jahondagi eng kuchli antenna signaliga ega smartfon deb topilgan. Sinovlar jami 26 ta markadagi telefonlarda o‘tkazilgan. Telefonlar harakatsiz va harakatda bo‘lgan holatda tekshirilgan.

Qizig‘i shundaki, mazkur sinovlarda Apple smartfonlari unchalik qoniqarli natija ko‘rsatmagan. Testlarda Lumia 650, Sony Xperia Z5 Compact va so‘nggi Samsung flagmanlari (Galaxy S5 mini’dan tashqari) yaxshi ko‘rsatkichni qayd qilishgan.

Olborg universitetining professori Gert Pedersenning aytishicha, ba’zi smartfonlarning signal kuchi sezilarli darajada takomillashtirilishi kerak. Bunday smartfonlarga u Apple qurilmalarini misol qilib o‘tgan. Shuningdek, professor, telefonlar qutisida antenna signalining kuchi aks etgan stikrlarni joylashni taklif qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!