MIUI 14 grafik qobig‘iga qanday yangi funksiyalar qo‘shiladi?

MIUI 14 grafik qobig‘iga qanday yangi funksiyalar qo‘shiladi?

Yangi MIUI 14 tizimida qanday bo‘lishini ko‘rsatadigan skrinshotlar internet sahifalarida paydo bo‘ldi. Unda tizimga qanday o‘zgartirishlar kiritilgani haqida ma’lumotlar berilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, yangi grafik qobiq Android 13 operatsion tizimiga asoslanadi. 

Yangi funksiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, Galereya ilovasi matnni aniqlash xususiyatiga ega bo‘ladi, bu suratga olingan hujjatlardan matnni tezda nusxalash imkonini beradi. Bundan tashqari, “Ushbu kunda“ funksiyasi ham yangi grafik qobig‘ga qo‘shiladi, unda bir necha yillar oldin olingan eski fotosuratlar to‘planadi.

Bluetooth LE Audio funksiyasi endi tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, bu simsiz audioning navbatdagi evolyusiyasi bo‘lib, u yangi yuqori sifatli kodekni, shuningdek, Auracast eshittirishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunda bitta qurilma FM radiostansiyasi sifatida ishlaydi, unga esa bir necha quloqchinni ulash imkoni bo‘ladi. Bundan tashqari, Multi-Stream bir vaqtning o‘zida ikkita sizmsiz quloqchinga audio yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

MIUI 14, shuningdek, shubhali qo‘ng‘iroqlar, xabarlar va ilovalarga qarshi himoyani takomillashtiradi. Yangi tizim bildirishnomalarni olib tashlashga yordam beradi hamda yangilangan Assistent interfeysini taqdim etadi. Soat ilovasi interfeysi ham yaxshilandi.

MyDrivers ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tizimning o‘tgan yilgi MIUI 12.5 kabi oraliq versiyasi bo‘lmaydi. Kompaniya to‘gridan-to‘gri MIUI 13'dan MIUI 14'ga o‘tmoqchi.

O‘QING: Telefoningiz MIUI 14 ga yangilana oladimi? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!