Mobil ilovalarsiz dunyo: Apple versiyasi (video)

  •   DiMaX
  •  2218
  •  10.06.2017 10:49

Mobil ilovalarsiz dunyo: Apple versiyasi (video)

WWDC 2017 ochilish marosimida va undan keyin ham ko‘pchilikning e’tibori Apple’ning yangi mahsulotlari taqdimotlariga qaratildi. Shu sababmikan, kompaniyaning YouTube-kanalidagi qiziqarli videoga uncha ahamiyat berilmagan.

Bu maxsus tayyorlangan videolavha APPOCALYPSE deb nomlanadi. Payqagandirsiz – u «Oxirzamon» ma’nosidagi APOCALYPSE so‘zining sal o‘zgartirilgan shaklidir. Ya’ni, bu so‘zning boshida mobil ilovalarni anglatuvchi APP qismi bor.

Ha, o‘zingiz ham sezganingizdek, bu rolikda, agarda hozirgi gadjetlarda ishlab turgan ilovalar birdaniga yo‘q bo‘lib qolsa hayot qanchalik ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketishi tasvirlangan. To‘g‘ri, bu shunchaki hazil aralash fantastika, ammo baribir bizni atrofimizdagi mavjud imkoniyatlarni qadrlashga undaydi.

Marhamat, tomosha qiling:

Xo‘sh, sizningcha, dunyo bo‘ylab mobil qurilmalar ham birdaniga ishlamay qolsa, nima bo‘lar ekan?