Moskvada iPhone X uchun ikki kun oldindan navbatga turishmoqda

  •   DiMaX
  •  1372
  •  02.11.2017 10:14

Moskvada iPhone X uchun ikki kun oldindan navbatga turishmoqda

Apple’ning «yubiley ayfoni» savdosi Moskvada rasman ertaga – 3 noyabrdan boshlanadi. Ammo xaridorlar kecha tundayoq u yerdagi Apple do‘koni oldida navbatga tura boshlashgan, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Rossiya Federatsiyasi poytaxtining Tverskaya ko‘chasida joylashgan Apple do‘koni iPhone X savdosini 3 noyabr kuni, tonggi soat sakkizda boshlaydi. Savdo boshlanishidan ikki soat avval sotuvchilar xaridorlarga navbat raqami yozilgan maxsus bilaguzuklar tarqatishadi. Smartfonlarni sotishda shu raqamlar tartibiga amal qilinadi.

Lekin kecha – 1 noyabr tunidanoq do‘kon oldiga navbatga turish boshlangan. Xabarga ko‘ra, ko‘chada allaqachon ko‘plab xaridorlar to‘planishgan. Ikki yuzdan oshiq kishi galma-galdan kafega kirib isinib olgancha, navbat buzilmasligini ta’minlab, orada nazorat qilib turishibdi.

Mana, Instagram tarmog‘iga yuklangan quyidagi videolavhada bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

 

Publikatsiya ot Grachik (@grachik__)

Yana bir jihatiga e’tibor berish kerak: bu navbatda turganlarning ayrimlari chindan ham Apple ixlosmandlari bo‘lsa, boshqalari shunchaki navbatdagi o‘z o‘rnini sotish uchungina band qilib turibdi! Xabarda aytilishicha, iPhone X talabgorlari navbatidagi o‘rnini sotish uchun 35 ming rublgacha narx belgilashgan. iPhone X smartfonining narxi esa Rossiyada 81 ming rubldan boshlanadi.

O‘QING: Rossiyada iPhone 8 savdosi boshlandi: kutilmagan holatlar

Eslatib o‘tamiz, Apple smartfonlarining Toshkentdagi narxlari bilan mana bu, iPhone 8 va 8 Plus flagmanlarini kredit bo‘yicha so‘mga olish imkoniyatlari bilan esa mana bu xabarlarimizda tanishish mumkin.