Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

  •   DiMaX
  •  961
  •  12.05.2018 18:11

Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Keyingi paytlarda turli smartfonsozlar o‘zgacha form-faktorga ega mobil qurilmalar yaratish borasida maxfiy poyga o‘ynamoqdalar. Biroq ayrim ma’lumotlarning «sizib chiqishi» sababli ularning ayrim rejalari oshkor bo‘lib qolayotir.

O‘QING: VIDEO: Uch ekranli Samsung Galaxy X buklama smartfonini ishlayotgan holatida ko‘rsatishdi

Shu kunlarda ma’lum bo‘lishicha, Motorola Mobility kompaniyasi buklama smartfon ustidagi izlanishlarini hali 2016 yildayoq boshlagan ekan. Kompaniya aynan o‘sha paytda patentlashtirgan qurilma chizmalari bugungi kunlarga kelib – 2018 yilning 11 may sanasida ommaga oshkor etildi.

Motorola’ning bu gadjeti katta displey bilan jihozlangan bo‘lib, devays yoyilgan holatida planshetga aylanadi. Yopiq holatida bo‘lsa u har ikki tomoni ekranli smartfon bo‘ladi.

Yuqoridagi suratlarda ko‘rib turganingizdek, Motorola muhandislari bunday qurilma uchun maxsus funksional g‘ilof ham yaratishgan ekan. U nafaqat uni tashqi shikastlardan asraydi, balki taglik vazifasini ham bajaradi, tag‘in simsiz quvvatlash moslamasi sifatida ham xizmat qiladi.

O‘QING: Ikkita ekran nimasi!? LG uchta sensor ekranli buklama smartfon patentladi!