Motorola Galaxy Z Flip uchun jiddiy raqobatchi tayyorlamoqda!

Motorola Galaxy Z Flip uchun jiddiy raqobatchi tayyorlamoqda!

Samsung buklamafonlari, ayniqsa, Galaxy Z Flip modeli shubhasiz buklanadigan smartfonlar bozoridagi eng ommaboplardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Ehtimol, uning bozori chaqqonligi uchun ham boshqa xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining ana shunday chig'anoqli buklanadigan smartfonlarini yaratishmoqda. Shulardan biri Motorola kompaniyasi bo'lib, u allaqachon bir necha avlod Razr buklamafonlarini chiqargan. Uning yangisi esa, shubhasiz, Galaxy Z Flip'ni qiyin ahvolda qoldirishi mumkin.

Taniqli ma'lumot tarqatuvchilaridan biri, Evan Blass o'zining Twitter sahifasida Motorola'ning yangi avlod Razr buklamafonining suratlarini ulashdi. Hali taqdim qilinmagan qurilma hozirgisi bilan deyarli bir xil dizayn va ikkilik kamera joylashuviga ega, lekin o'zgarishlar yo'q emas va bularning eng kattasi orqa tomonga o'rnatilgan displey bo'ladi.

Suratlarda navbatdagi Razr buklamafonining orqa tomonidagi displeyini ko'rishingiz mumkin. Bunda ikkinchi displey smartfon buklangan holatidagi kamera tomonining butun qismini egallagan, hatto, kamera atroflarini ham. Shuningdek, tasvirlarning birida smartfon orqa displeyi operatsion tizim bilan qanday ishlashini ko'rishingiz mumkin: ikkita navigatsiya tugmalari ekranning chap pastki burchakrog'ida, kameralar yonida joylashgan bo'lsa, bildirishnomalar ekranning qismini egallagan.

Ma'lum bo'lishicha, Motorola'ning ushbu yangi buklamafoni nomi deyarli o'zgarmaydi. U Motorola Razr (2023) deb nomlanadi va hozirda "juno" kod nomiga ega.

Ehtimol, yuqoridagi rasmlar bo'lajak Motorola'ning hali yakunlamagan renderlari ham bo'lishi mumkin, ammo ular to'g'ri bo'lib chiqsa, Razr (2023) nafaqat o'zidan oldingilar, balki bunday shaklda buklanadigan smartfonlar orasidagi eng katta orqa displeyga ega model bo'ladi. Bu borada hozir Oppo'ning Find N Flip2 buklamafoni 3.26 dyuymli ekran bilan yetakchilik qiladi. Galaxy Z Flip 4 esa atigi 1.9 orqa ekranga ega.

O'QING: Xiaomi 13S seriyasini kutib ovora bo‘lmang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.