Nihoyat, WhatsApp’ga ham stikerlar qo‘shildi, uni sinab ko‘rishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  1153
  •  27.10.2018 12:09

Nihoyat, WhatsApp’ga ham stikerlar qo‘shildi, uni sinab ko‘rishingiz mumkin!

Dunyo bo‘yicha eng ommalashgan messenjerda GIG-animatsiyalar va emodzilar muloqotni yanada qiziqarli qiladi. WhatsApp dasturchilari unga endi stikerlarni ham qo‘shishdi.

O‘QING: Telegram asoschisi Pavel Durov yana WhatsApp va Facebook’ni jiddiy aybladi

WhatsApp ilovasida messenjerning dizaynerlar jamoasi, shuningdek «maxsus taklif etilgan» rassomlar taqdim etgan o‘nlab stikerlar mavjud. API jamlanmasi yordamida boshqa dasturchilar ham o‘z nakleykalar to‘plamlarini yaratishlari hamda ularni Google Play Market va Apple App Store kataloglariga joylashlari mumkin.

Foydalanuvchilar chatlarda stiker yuborish uchun smaylik tugmachasini bosishlari kerak, shunda ekranning pastki qismida yangi – stikerlar varaqasi ko‘rinadi. Shu yerda tanlanganlar ro‘yxati ham bor, suratchalarni kayfiyatga qarab guruhlarga ajratish mumkin. Shuningdek, boshqa stikerlar to‘plamlarini qo‘shish uchun «+» belgisini bosib, shu yerning o‘zidanoq ilovalar do‘koniga o‘tish mumkin.

«Yashil robotchali» smartfonlar va iPhone’lar uchun WhatsApp ilovalarida stikerlar yaqin kunlarda barchaga taqdim etiladi. Android-ilovaning beta-versiyasida esa mazkur funksiyani allaqachon sinab ko‘rishingiz ham mumkin, uni mana bu havola orqali yuklab olasiz. WABetalInfo xabariga ko‘ra, kelajakda Windows Phone tizimli smartfonlar uchun WhatsApp ilovasida ham stikerlar paydo bo‘ladi.

WhatsApp ilovasini ayfon egalari mana bu, Windows Phone tizimli smartfon egalari mana bu, Android-smartfonlar sohiblari esa mana bu havolalar yordamida yuklab (yoki yangilab) olishlari mumkin.

O‘QING: WhatsApp yuz qiyofasidan yoki barmoq izlaridan aniqlaydigan tizimni ishga tushirmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.