Nokia 10 narxi, xususiyatlari, batafsil suratlari va videosi!

  •   DiMaX
  •  8139
  •  31.01.2018 10:52

Nokia 10 narxi, xususiyatlari, batafsil suratlari va videosi!

HMD Global kompaniyasi MWC 2018 ko‘rgazmasiga Nokia 9 flagmanidan tashqari, Nokia 10 modelini ham tayyorlayotgani hali yaqindagina ma’lum bo‘ldi. Dastlab Nokia X 2018 deb nomlanishi taxmin qilingan ushbu qurilma beshta ob’yektivli ajabtovur kamerasi bilan tahsinga loyiq.

O‘QING: Besh kamerali ilk smartfon – Nokia X yana bir xususiyati bilan dunyoda tengsiz

Hozirda internet kengliklarida ushbu smartfonning turlicha render-suratlari tarqalmoqda. Shulardan biri – Science and Knowledge nomli taniqli YouTube-kanal tayyorlagan konsept suratlardir. Keling, birgalikda ulardan bahramand bo‘lamiz.

HMD Global muhandislari yangi flagmanning qo‘shaloq klassik fotokamerasiga qo‘shimcha linzalar va datchiklar ham o‘rnatishgan; natijada bosh kamera beshta modulli hisoblanadi.

O‘QING: Beshta ob’yektivli inqilobiy kameraga ega Nokia 10’ning ilk suratlarini tomosha qilamiz!

Taxminlarga ko‘ra, beshtalik kamerasi sharofati bilan Nokia 10 smartfoni fotosuratlar sifatini yo‘qotmagan holda 4 karralik optik zumga, yaxshilangan portret (orqa fonni xiralashtirish) effektiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, u keng burchakli ob’yektivi bilan ham maqtana oladi, bu esa, ayniqsa, panorama tipidagi rasmlar olishda juda qo‘l keladi. HMD Global’ning barcha qimmatbaho telefonlaridagi kabi, Nokia 10 ham qoyilmaqom Carl Zeiss optikasiga ega bo‘ladi.

O‘QING: ZEISS kamerali Nokia 7 taqdim etildi: ajoyib dizayn qulay narxda! (+video)

Aytishlaricha, Nokia 10 flagmani diagonali 5,8 dyuymlik, yon tomonlari romsiz Super AMOLED-ekranga ega. Zamonaviy urfga ko‘ra – tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lgan displeyning tasvir aniqligi 2880x1440 pikselga teng (QHD+ formati).

Bu smartfon 2,8 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli ilg‘or Snapdragon 845 protsessoriga ega. Adreno 630 grafik tezlatgichi hamda, 8 gigabaytlik tezkor xotirasi uning samaradorligini ta’minlashda yanada qo‘l keladi. Doimiy xotirasining hajmi 128 gigabaytga teng bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek, Nokia 10’ning old kamerasi qo‘shaloq ob’yektivli bo‘lib, 13 megapikselli suratlar olishga qodir. Smartfon ikkinchi avlod USB Type-C porti bilan jihozlangan.

Mana, Science and Knowledge tayyorlagan videolavhani birga tomosha qilamiz:

Bir qancha manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 10 smartfonining narxi 990 AQSh dollariga teng. Ya’ni, bu flagman iPhone X’ning boshlang‘ich modifikatsiyadagi – 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega varianti bilan bir xil narxda.

O‘QING: Eng qimmatbaho 20ta smartfon narxlari (2018 yil 27 yanvar)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!