Nokia 3310 (2017) savdosidan ilhomlanib, endi brendning QWERTY-smartfonini «tiriltirishmoqchi»

  •   DiMaX
  •  1936
  •  23.12.2017 12:29

Nokia 3310 (2017) savdosidan ilhomlanib, endi brendning QWERTY-smartfonini «tiriltirishmoqchi»

2017 yilgi Jahon Mobil Kongressi ko‘rgazmasi davomida ko‘plab zamonaviy smartfonlar taqdim etilgan bo‘lsa-da, tadbirda ko‘pchilikning e’tiborini tortgan gadjet – oddiy tugmachali telefon bo‘ldi. Ya’ni, shu ko‘rgazma davomida – 26 fevral kuni, oradan 17 yil o‘tib, afsonaviy Nokia 3310 yangi talqinda qayta rasman namoyish qilindi.

O‘QING: «Qayta tirilgan» Nokia 3310 (2017) endi 3G-talqinda chiqadi!

Mazkur telefonning yil davomida juda ommalashgani va yaxshi sotilayotganidan ilhomlangan HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostidagi yana bitta «qadimiy» devaysni 2018 yilda yangicha talqinda taqdim etishga qaror qilgan. Bu – o‘z davrida yetakchilardan bo‘lgan Nokia E71 smartfonidir, deb yozadi Mydrivers nashri.

Eslatib o‘tamiz, Nokia E71 olis 2008 yili taqdim etilgan bo‘lib, mexanik QWERTY-klaviaturaga ega biznes-smartfon edi. Manbalarning xabar berishicha, Nokia E71 (2018) modeli endi hamyonbop telefon bo‘ladi, hozirgi gadjetlar nuqtai nazaridan qaraganda,  uni smartfon deb ham bo‘lmaydi.

O‘QING: Nokia’ning 15 ta afsonaviy mobil telefonlari

Qurilmaning 3,5 dyuymlik sensorli displeyi 480p darajasida tasvir aniqligiga ega. Uning orqa panelidan 3 megapikselli kamera joy olgan. Gadjetga oddiygina Qualcomm Snapdragon 205 protsessori o‘rnatilgan. Uning tezkor xotirasi 1 gigabayt, ichki flesh-xotirasi esa 8 gigabayt hajmga ega.

Shunga qaramasdan, Nokia E71 (2018) zamonaviy – to‘rtinchi avlod 4G LTE uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Telefon ikki xil – bitta va ikkita SIM-kartali talqinlarda taqdim etiladi.

O‘QING: Kompaniyalar “imzosi”ga aylangan muvaffaqiyatli mobil telefonlar