Nokia 7+’ning ilk rasmiy suratlarini tomosha qilamiz

  •   DiMaX
  •  1177
  •  23.02.2018 11:30

Nokia 7+’ning ilk rasmiy suratlarini tomosha qilamiz

MWC 2018 ko‘rgazmasiga sanoqli kunlar qolganida, unda taqdim etiladigan qurilmalarning rasmiy rasmlari ham tarqala boshladi. HMD Global kompaniyasi mazkur tadbirda hamyonbop Nokia 1, o‘rta narxli Nokia 7+ smartfonlari hamda Nokia 9 flagmanini namoyish etmoqchi.

O‘QING: Eng arzon Nokia 1 hamda ilk romsiz Nokia 7+ suratlari va jihatlari

Bular orasidan Nokia 7+ modelining rasmiy suratlari e’lon qilindi, u o‘tgan yilgi Nokia 7 smartfonining sal kattaroq va yaxshilangan versiyasidir. Ushbu «ajdod»idan unga faqatgina dizayni meros qolgan – metall korpus, orqa qopqog‘i esa shishadan. Old tomonida ekran romlari biroz yupqalashgan, orqasida esa asosiy kamera qo‘sh ob’yektivli bo‘lgan.

Nokia 7+ ekranining o‘lchami – diagonaliga 6 dyuym, trendga mos tarzda uning tomonlarini o‘zaro 18:9 nisbatda qilishgan. Displeyning piksellar sig‘imi Full HD+ formatida, ya’ni 2160×1080 pikselli. 12 hamda 13 megapiksellik ikkita modulni o‘zida jamlagan bosh kamera esa Carl Zeiss optikasiga ega. U optik barqarorlashtirish hamda tasvirni ikki karra kattalashtirish funksiyalariga ega.

Mazkur devays Qualcomm’ning o‘rta narxli smartfonlarga moslab ishlab chiqargan Snapdragon 660 protsessori bazasida ishlaydi. Tezkor xotirasi 4, doimiy xotirasi esa 64 gigabaytlik bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Nokia’ning taqdim etilmagan smartfoni ilk «jonli» suratda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!