Nokia 8 surati rasmiy saytda tasodifan chiqarilib, yana yashirildi

  •   DiMaX
  •  1398
  •  20.07.2017 09:19

Nokia 8 surati rasmiy saytda tasodifan chiqarilib, yana yashirildi

Bugun taqdim etilishi kutilayotgan Nokia 8 smartfonining surati kecha tunda Nokia.com saytining xitoycha versiyasida tasodifan chiqarilgan. Unda flagmanning xususiyatlari ham ko‘rsatilgan ekan.

Ammo bu ehtiyotsizlik sababli yuz bergan bo‘lsa kerak, chunki sahifa tezda ommaga ko‘rinmaydigan qilib qo‘yilgan. Shunga qaramasdan, Xitoydagi Baidu Tieba kommunikatsion platformasi foydalanuvchilaridan biri bu sahifadan skrinshot qilib olishga ulgurgan. Eslatib o‘tamiz, 17 iyul tunida insayder Nokia 8’ning ilk renderini e’lon qilgan edi.

HMD Global kompaniyasi bu qurilmani ayni bugun – 20 iyulda namoyish etishi kutilmoqda. Ayrim xabarlarga ko‘ra esa, Nokia 8 shu oyning oxirgi – 31-kuni taqdim etiladi.

Oldinroq «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 8 modeli ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 protsessori asosida ishlaydi. U 4 GB tezkor va 64 GB ichki flesh-xotiraga ega. Smartfonga 5,3 dyuymli Quad HD (2560x1440 pikselli) displey o‘rnatiladi. Uning afzalliklaridan biri – asosiy kamerasi afsonaviy Carl Zeiss optikasiga ega 13 megapikselli qo‘shaloq modulga ega ekanligidir. Devays Android 7.1.1 Nougat operatsion tizim versiyasi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Gap-so‘zlarga ko‘ra, kutilayotgan smartfon to‘rt xil rangli variantda, taxminan 550-600 yevro narxida chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.