Nokia birdaniga ikkita tugmachali telefon namoyish qildi (+videolar)

  •   DiMaX
  •  2336
  •  24.07.2019 18:13

Nokia birdaniga ikkita tugmachali telefon namoyish qildi (+videolar)

Garchi to‘liq ekranli, turli texnologiyalar bilan boyitilgan smartfonlar davri kelgan esa-da, tugmachali telefonlarning ham bozori chaqqon. Afsonaviy brendga egalik qiluvchi HMD Global kompaniyasi bugun klassik dizaynga va baquvvat batareyaga ega bo‘lgan Nokia 105 (2019) hamda Nokia 220 4G telefonlarini taqdim etdi.

O‘QING: «Jonli» surat: Nokia sir tutayotgan tugmachali Android-telefon «qo‘lga tushdi»!

Ulardan biri Nokia 105 (2019) modeli bo‘lsa, ikkinchisi Nokia 220 4G deb nomlangan.

2019 yilgi Nokia 105 modeli diagonaliga 1,77 dyuymlik rangli displeyga ega. Telefonning ichki xotirasi 2000 kontakt va 500 SMS saqlashga yetadi. Akkumulyatorining tok sig‘imi 800 mA/soatni tashkil etadi. Agarda belefonning quvvat sarfi kam ekanini hisobga olsak, bunday akkumulyator uning uzoq vaqtlik avtonomligini ta’minlay olishi ayon bo‘ladi.

Nokia ushbu telefonining zarbalarga va tushib ketishga chidamli ekaniga kafolat bermoqda. Shuningdek, qurilma qo‘lchiroq (fonarik), standart quloqchin tirqishi hamda FM-radio bilan ham ta’minlangan.

Ushbu telefonga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videorolikni tomosha qilamiz:

Nokia 105 (2019) joriy yilning uchinchi choragidan savdoga qo‘yiladi. Uning ikkita SIM-kartali modeli 19 AQSh dollardan, bitta SIM-kartalisi esa 17 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotiladi.

O‘QING: Afsonaviy Nokia 8110 «bananofon»ida endi WhatsApp va Facebook ham ishlaydi!

Nokia 220 4G telefoni esa, nomidan ham anglashilib turganidek, to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida qo‘llashga moslangan. Odatiy ovozli qo‘ng‘iroqlar va matnli yozishmalardan tashqari, unda internetga ham kirsa bo‘ladi. Bu kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi uchun mazkur telefonga 2,4 dyuymlik QVGA-ekran hamda 1200 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilgan.

HMD Global mazkur devays haqida ishlagan lavhaga nazar solamiz:

Nokia 220 4G modelining savdoga chiqish sanasini va narxini keyinroq e’lon qilishadi. Taxminlarga ko‘ra, uni 43 dollarga baholashadi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Nokia , Xiaomi va Philips brendlarining tugmachali telefonlarini atigi 239 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Nokia flagmani va boshqa smartfonlari yaxshigina arzonlashdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!