Nokia’ning navbatdagi flagmani innovatsion dizaynga ega

  •   DiMaX
  •  1438
  •  26.09.2017 17:56

Nokia’ning navbatdagi flagmani innovatsion dizaynga ega

Ko‘pchilikka qadrdon brendning Nokia 9 flagmani shu yilning oxirigacha taqdim etilishi kutilayotir. U chetlari qayrilma displeyga hamda qo‘shaloq ob’yektivli kameraga ega bo‘ladi, deb yozadi TechDroider nashri.

Mazkur smartfonning press-renderi Baidu servisi vakillari tomonidan e’lon qilingan. Mazkur suratlarga ishonadigan bo‘lsak, Nokia 9 tashqi ko‘rinishi jihatidan Samsung’ning 2017 yilgi Galaxy tizimi flagmanlariga o‘xshash bo‘ladi. Ya’ni, yangi gadjetning displeyi qayrilma va yon tomonlari romsiz dizaynda ishlangan.

Nokia 9 modeliga diagonali 5,3 dyuymli Quad HD-displey, Snapdragon 835 protsessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilishi aytilmoqda. Uning har biri 13 yoki 12 megapikselli qo‘sh modulli asosiy kamerasi Carl Zeiss optikasiga ega. Smartfon suv va changdan himoyalangan bo‘lishi ham kutilayotir.

Yangi flagman beshinchi avlod Bluetooth, NFC hamda Wi-Fi a/b/g/n interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning narxi hozircha aniq emas, ammo unga AQShda 699 dollar, Yevropada esa 749 yevro miqdorida narx qo‘yilishi taxmin qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!